«Liverpul» klubi sobiq hujumchisi Maykl Ouen YECHLning 1/8 final bosqichida «Inter» (2:0) jamoasi ustidan qo‘lga kiritilgan g‘alaba haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Liverpul» deyarli keyingi bosqichga yo‘l oldi. Endi ularga «Enfild» shaklidagi qal’a ham kerak emas. Ishni allaqachon bajarib bo‘lishdi», – dedi Ouen BT Sport bilan suhbatda.
«Liverpul» hamda «Inter» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 8 mart kuni bo‘lib o‘tadi.