Dortmundning «Borussiya» klubining Yevropa Ligasi 1/16 finalining birinchi o‘yinidagi «Reynjers»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (2:4), nemis OAVlarida «asalarilar» rahbariyati jamoa ustozi Marko Rouzni ishdan bo‘shatishi haqidagi ma’lumot paydo bo‘ldi. .
Biroq, «Borussiya» boshqaruviraisi Xans-Yoaxim Vaske bu ma’lumotni rad etdi.
«Bu mutlaqo bema’nilik. Hech qanday uchrashuv bo‘lmadi», — dedi funksioner Germaniyaning SID nashriga bergan intervyusida.