Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Zamon daholari: Edin Jeko —fantastik bolqon o‘g‘loni

Zamon daholari: Edin Jeko —fantastik bolqon o‘g‘loni

Baho:
+1 | -

O‘z hayotining katta qismini futbolga bag‘ishlagan, uni sevgan, bu orqali esa qahramonga aylangan nomlar tarixda ko‘plab uchraydi. Zamonamizda ham bunday futbolchilar bisyordir. Shulardan bir – Edin Jeko. Mahsuldor bosniyalik hujumchi hali-hamon «Inter» bilan o‘z sarguzashtlarini davom ettirmoqda. Yigirma yildan buyon professional ravishda futbol bilan shug‘ullanuvchi o‘yinchi, qayerda bo‘lmasin, gollar urishdan charchamaydi. Uning klub miqyosida kiritgan gollari soni ayni kunda 306 tani tashkil etmoqda. Quyida Jeko faoliyatiga nazar tashlaymiz.

Bundesliga sensasiyasi

Jeko o‘z hujumchi sherigi Grafite bilan bundan ancha yillar oldin «Volfsburg» tarkibida Bundesligani yondirgan. Shu sababdan bu juftlik hali ham «Wolfsburg Arena»da hurmat bilan eslanadi. Jeko 2008-2009 yilgi mavsumni 26 ta gol hamda 10 ta assist bilan yakunlaydi. Mavsumdagi hammasini hisoblaganda esa u «bo‘rilar» uchun 36 ta gol urishga erishgan. O‘sha paytda Edin Jeko 22 yosh edi. Shunga qaramay, futbolchi o‘z jamoasini Germaniya chempioniga aylantiradi. «Volfsburg»ning birinchi va oxirgi chempionligi aynan Jeko bilan qo‘lga kiritilgan edi.

Mavsum statistikasi:

42 ta uchrashuv;
36 ta gol;
12 assist;
Bundesliga tituli.

«Shaharliklar» bilan muvaffaqiyat

Edin 2011 yilda 37 million yevro evaziga APLga, «Manchester Siti»ga yo‘l oladi. U o‘sha yerda ham o‘zini eng yaxshi hislatlarini namoyish etadi. Hujumchi jami 189 ta bahsda maydonga tushirilib, 72 ta gol urishga erishgan. Eng asosiysi esa 2011-12 yilgi mavsumning so‘nggi turida ro‘y bergan edi. O‘shanda «shaharliklar»ga chempion bo‘lish uchun bitta g‘alaba zarur edi. Jeko esa «QPR»ga qarshi bahsda qo‘shib berilgan daqiqada gol urib, jamoasi g‘alabasini, bu orqali esa chempionlikni ta’minlaydi. Qanday hayajonli lahzalar-a!

APL statistikasi:

2 ta APL tituli
130 ta o‘yin
50 ta gol
11 ta assist

«Roma»ning yuragi

Jeko dahosi o‘z davrining eng yaxshi hujumchilaridan biri bo‘lgani bilan xarakterlanadi. U «Roma» safida kuchli beshlik chempionatlarining uchtasida 50 tadan ko‘p gol urgan ilk futbolchiga aylangan edi. Hujumchi poytaxt jamoasida hammasi bo‘lib 119 ta gol urishni uddalaydi. Bu borada «Roma» afsonalari Franchesko Totti (307) hamda Roberto Prusso (138) undan ko‘proq gol ura olgan, xolos.

Barhayot Edin

Ayni damda 35 yoshda bo‘lgan faxriy hujumchi «Liverpul»ga qarshi o‘yinda ham maydonga tushirilgan edi. Ushbu bahs u uchun turnirdagi oltmish ikkinchisi bo‘ldi. Edin Jeko hozirga qadar YECHLda 25 ta gol urishga erishgan. «Volfsburg», «Manchester Siti» hamda «Roma» safida turli xil ko‘rinish bergan Jeko, ayni damga kelib, Italiya chempionlari safida harakat qilmoqda. «Inter»ga bu mavsumda tajribali futbolchi juda ham zarur bo‘lib turgandi. Buni bilgan Edin Jeko ularga yordamga keldi. Endilikda, «Inter» bolqon o‘g‘lonining boy tajribasiga suyanib ish ko‘rmoqda. U Simone Inzagining jamoasida muhim rol bajaradi. Joriy mavsumda Jeko hisobida 33 ta o‘yindan keyin 14 ta gol mavjud.

Yutuqlar

Angliya kubogi, liga kubogi hamda ikki bor mamlakat chempionligi – Edin Jekoning tumanli albionni allaqachon zabt etganini anglatadi. U Germaniyada ham chempionlikka erishgan (2009). Shuningdek, 35 yoshli futbolchida bu mavsumda qo‘lga kiritilgan Italiya superkubogi ham mavjud. Ayni damda esa, Jeko o‘z jamoasi bilan 2022 yilgi Italiya chempionligiga intilmoqda.
Bosniya va Gersegovina termasining uzoq yillik sardori, o‘z yurti bayrog‘i ostida 118 marta maydonga tushgan va 60 ta gol urgan. Bu esa Bosniya futboli tarixidagi mutlaq rekord natijadir. Xulosa qilib aytganda, Edin Jeko zamonaviy futbolda o‘rnak olsa arziydigan figuralardan biri sanaladi...

 


Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: futaa.com
Kiritildi: 15:24, 19.02.2022.
O'qildi: 1854 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик