Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona - Andijon
06/08 20:00 Paxtakor - Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al

Jaka "Arsenal"ning sardorlik bog‘ichini qabul qilib olishdan bosh tortdi (video)

Jaka "Arsenal"ning sardorlik bog‘ichini qabul qilib olishdan bosh tortdi (video)

Baho:
+ | -

"Arsenal" yarim himoyachisi Granit Jaka Premyer-Liga doirasida "Brentford" jamoasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdan sardorlik bog‘ichini olishdan bosh tortdi.

Kecha Jaka 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdan "Arsenal"ga yordam berdi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqalararida Aleksandr Lyakazettni o‘rniga maydonga tushgan Eddi Nketia sardorlik bog‘ichini Granitga taqib qo‘yishga harakat qildi.

Biroq, Jaka 2019 yilning noyabr oyida sardorlik bog‘ichidan sharmandalarcha mahrum qilinganidan so‘ng, Nketiadan sardorlik bog‘ichini olishdan bosh tortdi va uchrashuvning oxirigacha "Arsenal" sardori sifatida Kiran Tirni harakat qildi.

Qo‘shimcha o‘rnida shuni aytish kerakki, "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta joriy mavsum jamoaning asosiy sardori Lyakazett bo‘lishini tasdiqlagandi. Fransiyalik hujumchi sardorlik bog‘ichini yanvar oyida jamoani tark etgan Pyer-Emerik Obameyangdan qabul qilib olgandi.

Kiritildi: 10:39, 20.02.2022.
O'qildi: 1994 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик