Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

«Yuventus» Dibalaga taklif qilayotgan shartnoma bandlari ma’lum bo‘ldi

«Yuventus» Dibalaga taklif qilayotgan shartnoma bandlari ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Yuventus» klubi hujumchi Paulo Dibala bilan shartnomani uzaytirish borasida yangi muzokara boshladi.

Turinliklar futbolchi bilan ilk muzokarani kuzda boshlagan bo‘lib, o‘shanda klub argentinalik futbolchiga 8 million yevro va turli bonuslar taklif etgandi. Ammo "Yuve" keyinchalik ushbu taklifiga o‘zgartirish kiritib, maoshlar borasida taklifni pasaytirdi. Bu esa Pauloga yoqmagani sabab muzokara bosh berk ko‘chaga kirib qoldi.

«Yuventus» Dibalaga yana avvalgi taklifni berdi, ammo klub futbolchining agenti Xorxe Antun o‘z ulushining katta qismidan voz kechishini istamoqda. Bu haqda "Football Italia" xabar tarqatdi. Ma’lumot o‘rnida: Argeninalik futbolchi hozirda yiliga 7,5 million yevro maosh olmoqda.

Paulo Dibala joriy mavsumda «Yuventus» safida barcha musobaqalar doirasida 27ta o‘yinda ishtirok etib, 12ta gol va 6ta assist muallifiga aylandi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum so‘ngida yakuniga yetadi. Agar yangi shartnoma imzolanmasa, u erkin agent sifatida "keksa sinyora" bilan xayrlashadi.

Manba: ua-football.com
Kiritildi: 10:25, 21.02.2022.
O'qildi: 1640 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик