Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Sassuolo» A seriyada noyob natija qayd etdi

«Sassuolo» A seriyada noyob natija qayd etdi

Baho:
+1 | -

20 fevral, yakshanba kuni Milan shahridagi «Juzeppe Meassa» stadionida «Inter» klubi Italiya A seriyasining 26-turi doirasida «Sassuolo»ni qabul qildi. Mazkur o‘yinda mehmonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

«Sassuolo» joriy mavsumda Italiyaning grand klublari — «Inter», «Milan» va «Yuventus»ga qarshi safardagi o‘yinlarda g‘alaba qozonib, 66 yil avval qayd etilgan natijani takrorladi. Mavsum-1955/1956da «Fiorentina» ushbu yetakchi jamoalarni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi.

«Sassuolo» ushbu noyob natijaga qaramay, A seriyaning joriy mavsumida 33 ochko bilan jadvalda 11-pog‘onani egallab turibdi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 10:35, 21.02.2022.
O'qildi: 1943 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.