Londonning «Chelsi» klubi yozda bir vaqtning o‘zida himoya chizig‘idagi bir nechta asosiy tarkib o‘yinchilarni yo‘qotishi mumkin. Shu bois klub yangi o‘yinchilarni qidirishni boshlab yubordi.
«Aristokratlar» «Vulverxempton» himoyachisi Maks Kilmanni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar beradi Talksport. 24 yoshli futbolchining «bo‘rilar» bilan shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga yetadi.
Eslatib o‘tamiz, yozda «Chelsi» safini Sezar Aspilikueta, Andreas Kristensen va Antonio Ryudiger tark etishi mumkin.