Kirish Ro'yxatdan o'tish

Hamyurtimiz Qozog‘istonda tur o‘yinchisiga aylandi

Hamyurtimiz Qozog‘istonda tur o‘yinchisiga aylandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Qozog‘istonning "Kaspiy" jamoasida o‘ynovchi darvozabon, hamyurtimiz Ravshan Eliboyev mamlakat chempionatining 15-turining eng yaxshi futzalchisi bo‘ldi.

O‘zbekistonlik posbon tur doirasidagi ikki o‘yinda chempionat yetakchisi, dunyoning eng yaxshi darvozaboni Igita harakat qiladigan "Qayrat"ga qarshi bahs olib bordi va 1:1 hisobidagi durang hamda 3:5 hisobidagi mag‘lubiyat qayd etdi.

"Kaspiy" posboniga ushbu o‘yinlarda 33 bora aniq zarba berilgan va u bularning 29tasini qaytardi.

Dastlabki o‘yinda Eliboyev 18 seyv qayd etdi va atigi bir marta gol qo‘yib yubordi. Ikkinchi o‘yinda u garchi bir bo‘lim o‘ynagan bo‘lsa-da, 14 zarbaning 11tasini qaytardi. 

Kiritildi: 22:47, 22.02.2022.
O'qildi: 1280 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.