«Chelsi» bosh murabbiyi Tomas Tuxel Yevropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan «Lill»ga qarshi o‘yinda (2:0) hujumchi Romelu Lukakuni nima uchun maydonga tushirmaganiga izoh berdi.
"Romelu nafaqat jismoniy jihatdan, balki ruhiy tomonlama ham charchagan. «Liverpul»ga qarshi o‘yindan keyin u har bir bahsni boshlang‘ich tarkibda boshlagandi. Bugun biz boshqa o‘yinchilarni tanladik, Xavers ajoyib formada edi va jamoaga yuqori intensivlik berdi», — dedi Tuxel.
Eslatib o‘tamiz, «Chelsi» va «Lill» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 16 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Lukaku Angliya chempionatining joriy mavsumida 17ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 5ta gol yozdi. Shuningdek, u YECHL doirasida 4ta bahsda 2ta gol muallifiga aylandi.