Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Vilyarreal» - «Yuventus»: taktik durang

«Vilyarreal» - «Yuventus»: taktik durang

Baho:
+ | -

Taktik durang. Shunday atagan bo‘lardim bu o‘yinni. «Yuventus» vahima bilan boshlagandi. Vlaxovichga Chempionlar ligasidagi debyut golini urish uchun yarim daqiqa yetarli bo‘ldi. Danilo unga maydon markazidan salom yo‘lladi, Dushan esa himoyachini chalg‘itib pastki burchakni poyladi.

Allegri shunday startdan keyin ham taktika-taktika o‘ynamoqchi bo‘ldi. «Vilyarreal» birinchi taymning o‘zida jazolashi mumkin edi. Lo Selso darvoza to‘sinini larzaga keltirdi. Ikkinchi bo‘limda ispanlar qo‘shishdi. Kapu aqlli pas bilan Parexoni birga-bir chiqarib yubordi va u Shchesniga imkon qoldirmadi. Endi taktika o‘ynash navbati Emeriga yetdi. U esa bu masalada ustasi. "Real" tasdiqlashi mumkin.

Boshqa gol urilmadi. Durang va Turinda hammasi qaytadan boshlanadi. Mehmondagi gol qoidasi endi yo‘q. Qur’adan keyin "Yuve" favorit ko‘ringandi, hozirga kelib kuchlar balansi tenglashdi. Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb Parexo e’lon qilindi.

Manba: https://t.me/Davron_Fayziev
Kiritildi: 09:10, 23.02.2022.
O'qildi: 1662 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик