Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Ferran, logotip qani?

Ferran, logotip qani?

Baho:
+ | -

«Barselona» Yevropa Ligasi 1/16 finali doirasidagi ilk o‘yinni «Kamp Nou»da o‘tkazib, «Napoli»ni yengolmadi - 1:1. Bu uchrashuvda Ferran Torres maydonda eng ko‘p ko‘zga tashlangan futbolchi bo‘ldi. Faqat penaltidan samarali foydalangani yoki bir nechta vaziyatni ko‘kka sovurgani emas, balki «Barselona» ramzi tushirilmagan formada o‘ynagani uchun ham. To‘xtang, nima, nima...?

Ferran Torres ikkinchi bo‘limda gol urgan vaziyatda ko‘pchilik uning futbolkasida «Barselona» logotipi va Nike belgisi yo‘qligini payqab qoldi. Zero, boshqa o‘yinchilar libosida hammasi joyida edi. Tabiiyki, hech kim hech nimani tushunmadi. Hattoki, turli taxminlar ham yuzaga chiqdi. Deylik, ayrimlar barchasini mavsum-1994/1995ga ishora sifatida baholashdi. Chunonchi, o‘shanda Chiki Begiristayn va George Xadji bir qator uchrashuvlarda logotipi yo‘q formada harakatlanishgandi. Lekin bu taxmin asosli emas. Zero, Ferran Torresning o‘yin boshidagi suratlariga qarasak, «Barsa» va Nike belgilari joyida.

Xullas, tanaffusdan ke­yin logotiplar qayergadir g‘oyib bo‘ldi. Katta ehtimolki, birinchi bo‘limdan keyin Ferran futbolkasini almashtirishga to‘g‘ri kelgan, biroq zaxirada logotipli libos topilmagan. Balki futbolkaga yopishtirilgan belgilar o‘yin jarayonida uzilib tushgandir, ammo qaysi holatda, buni aytish qiyin.

Shu voqea ortidan «Tvitter»da ham «Barselona», ham Ferran Torresga qaratilgan hazilnamo munosabatlar rosa ko‘paydi:

- Torres aslida gol urishni xohlamadi, chunki uning libosida o‘pish uchun klub ramzi yo‘q edi.

- Nahotki, Ferran stadionga kiraverishda soxta futbolka sotib olgan bo‘lsa?

- Ferran Torres o‘yin davomida ko‘p narsa yo‘qotdi: Nike logotipi, «Barsa» ramzi va bir talay gollarni...

Aftidan, Ferranning o‘zi ham yaxshi vaziyatlarni qo‘ldan chiqargani va ehtimolki, logotipni yo‘qotib qo‘yganidan rosa siqildi. Har holda, o‘yindan so‘ng «Barsa» vakillarining uni alohida yupatishlariga to‘g‘ri keldi.

NIKE HAM HAYRON

Nike ham Ferran Torresning libosidagi kompaniya logotipi qanday yo‘qolib qolganidan hayron va bu masalada hattoki, alohida surishtiruv olib bormoqchi. Xullas, «Barsa» rahbariyati ekipirovkalar ta’minotchisiga tezda tushintirish berishi kerak.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:14, 23.02.2022.
O'qildi: 3417 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.