Yurgen Klopp «Liverpul»da anchadan beri ishlamoqda. Nemis mutaxassisi mersisaydliklar bilan ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Albatta, bu yutuqlarga nafaqat Kloppning, balki «qizillar»ning ko‘plab futbolchilarining mehnati evaziga erishilgan. Ammo, hozir biz bu haqda gapirmoqchi emasmiz. Balki Klopp boshchiligidagi «Liverpul» amalga oshira olmagan transferlar haqida to‘xtalmoqchimiz.
«Qizillar» shu paytgacha Virjil van Deykdan tortib, Luis Diasgacha bo‘lgan ajoyib xaridlarni amalga oshirishdi. Lekin ular boshqa ko‘plab kuchli futbolchilarning transferlarini yakunlay olmagan.
Keling, «Enfild»da o‘ynash nasib qilmagan futbolchilarni eslaymiz.
Timo Verner
«RB Leypsig»da ajoyib o‘yinlar namoyish etgan Timo Verner 2020 yilning yozida «Liverpul»ga o‘tishni mumkin edi. Futbolchi mersisaydliklar safiga o‘tishni istayotganini ko‘p bora ta’kidlagan, ammo pandemiyaning moliyaviy ta’siri «Liverpul»ning nemis futbolchisiga bo‘lgan qiziqishlarini kamaytirdi. Ammo Timo bari-bir Angliya Premyer-ligasiga yo‘l oldi, biroq boshqa jamoa «Chelsi» safiga qo‘shildi.
O‘shandan keyin «qizillar» Diogo Jotani 41 million yevro evaziga sotib oldi.
Hozirda Verner omadsiz kunlarni boshdan kechirmoqda, Jota esa «Liverpul» safidagi dastlabki 60 o‘yinida 30 ta gol urib, klubning yetakchi futbolchilaridan biriga aylangan.
Aleks Teysheyra
2016 yilning yanvarida Klopp «Liverpul» bosh murabbiyi sifatida o‘zining birinchi yirik transferini rasmiylashtirishga harakat qildi va «Shaxtyor» futbolchisi Aleks Teysheyraga taklif bilan chiqdi.
Braziliyalik futbolchi mersisaydliklar safiga o‘tish istagini bildirdi, biroq ukrain klubi «qizillar»dan 38 million funt to‘lashini so‘radi. Tabiiyki, bu ingliz klubi rahbariyatiga yoqmadi va Aleks transferidan voz kechdi.
«Jamoam «Liverpul»dan bitta taklif oldi», — deydi Teysheyra 2016 yilning yanvarida. «Bu rad etildi, ammo nega bunday bo‘lganini bilmayman».
Kelishuv to‘liq barbod bo‘ldi va Teysheyra ingliz klubi o‘rniga Xitoyning «Szyansu Suning» jamoasiga o‘tdi. U yerda futbolchi 150 o‘yinda 72 ta gol urishga erishdi.
Usmon Dembele
2015 yilda Klopp «Liverpul» boshqaruviga kelganidan so‘ng qanotdagi muammolarga yechim topish zarurligini tushundi va o‘z jamoasiga yordam beradigan futbolchi sifatida Dembeleni tanladi.
Dembele 2015-16 yillarda «Renn»da ajoyib mavsum o‘tkazgan. Shundan keyin u «Borussiya Dortmund»ga qo‘shilgan edi. Oradan 12 oy o‘tib esa fransuz futbolchisi «Barselona»ga transfer bo‘ldi.
«Men Klopp bilan Parijda uchrashganman, lekin unga «Borussiya» bilan shartnoma imzolashga qaror qilganimni aytdim», — deydi Dembele 2017 yilda FourFourTwo nashriga bergan intervyusida.
O‘shandan keyin «Liverpul» Sadio Manega qiziqish bildira boshlagan edi va bu qaror qaysidir ma’noda to‘g‘ri bo‘lganligini bilish qiyin emas.
Ben Chiluell
2016 yilgi Yevropa Ligasi finalida «Liverpul» mag‘lubiyatga uchragach, ularga yangi chap qanot himoyachisi kerakligi aniq bo‘ldi.
«Qizillar» «Lester Siti»dan Ben Chiluellni sotib olishga harakat qilishdi, ammo mersisaydliklar «tulkilar» so‘ragan 10 million funt sterlingni to‘lashdan bosh tortishdi.
Chiluell 2019 yilda Sky Sports nashriga bergan intervyusida shunday deydi: «Mening agentim bularning barchasini hal qildi, u «Liverpul» va «Lester» bilan vaziyat haqida muhokama qilgan.
O‘shanda men «Lester»ning 21 yoshgacha bo‘lgan jamoalari safida o‘ynardim, shuning uchun bor e’tiborimni asosiy tarkibga o‘tishga qaratgandim».
2016-17 yilgi mavsumda «Liverpul» «Xall Siti»dan Endryu Robertsonni sotib olishga majbur bo‘ldi. Robertson Klopp jamoasining asosiy o‘yinchisiga aylandi, Chiluell esa keyinchalik «Chelsi»ga 50 million funt sterlingga o‘tdi.
Pyotr Zelinskiy
Zelinskiy «Liverpul» e’tiboriga «Empoli»da ijara asosida o‘ynagan paytida tushgan va 2016 yilda u Klopp bilan uchrashib, potensial transfer masalasini muhokama qilgan.
«Mening hayolim joyida emas edi. O‘sha paytda men Yurgen Klopp bilan uchrashdim», — deydi Zelinskiy 2016 yilda Polshaning Przegląd Sportowy nashriga bergan intervyusida. «U mening jamoasida bo‘lishimni xohlashini aytdi».
Yarim himoyachi Polsha televideniyesida hatto «Liverpul» libosida ko‘rsatildi, ammo «Udineze» bilan muzokaralar juda qiyin kechdi va Pyotr ingliz klubi o‘rniga «Napoli»ga o‘tishga qaror qildi.
«Liverpul» B rejasiga o‘tdi va «Nyukasl»dan Jorjinyo Veynaldumni 25 million funt sterling evaziga sotib oldi.
Maxmud Daud
Klopp 2016 yilda yarim himoya pozisiyasini mustahkamlamoqchi edi, biroq «qizillar» Myonxengladbaxning «Borussiya» klubidan Daudni qo‘lga kiritishda muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Bundesliga jamoasi Granit Jakaning «Arsenal»ga sotganidan keyin yana bir asosiy futbolchisini yo‘qotishni istamadi va Daud uchun 25 million funt sterling taklifini rad etdi.
Shundan so‘ng Dortmundning «Borussiya» klubi yarim himoyachining transferini 2017 yilda yakunlaganini e’lon qildi, «Liverpul» esa Nabi Keytani sotib oldi.
Nabil Fekir
«Liverpul» 2018 yilda Fekirni 53 million yevroga sotib olgan Filippe Koutinyoning o‘rniga xarid qilmoqchi edi, biroq so‘nggi daqiqada kelishuv amalga oshmay qoldi.
Xabar qilinishicha, «qizillar» yarim himoyachining tibbiy ko‘rikdan o‘tish paytida tizzasi bilan bog‘liq muammolar tufayli shartnomani bekor qildi.
«Siz haqiqatni xohlaysizmi? Hatto men nima bo‘lganini bilmayman», — dedi Fekir 2019 yilda L'Equipe nashriga bergan intervyusida. «Men tibbiy ko‘rikdan o‘tdim, keyin «Liverpul» meni sotib olmaslikka qaror qildi. Ular mening tizzam tufayli ekanligiga ishontirishga harakat qilishdi, ammo bu shunchaki uydirma bahona edi».
«Liverpul» bu pulni boshqa futbolchiga sarfladi, Fekir esa 12 oydan keyin «Real Betis»ga 17 million yevro evaziga o‘tdi.
Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.