"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan "Atletiko"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi.
"Dunyodagi klublar miqyosidagi eng katta turnirning qaytishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ketdik!", - deb yozdi Ronaldu "Instagram" sahifasida.
Ma’lumot uchun, bugun, 23-dan 24 fevralga o‘tar kechasi YECHL chorak finalidan o‘rin olgan "Atletiko" — "Manchester Yunayted" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.