Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Moskvaliklar uchun oddiygina «Tor», muxlislarning iltimosini rad eta olmaydigan futbolchi — Vitaliy Denisov bugun 35 yoshga to‘ldi

Moskvaliklar uchun oddiygina «Tor», muxlislarning iltimosini rad eta olmaydigan futbolchi — Vitaliy Denisov bugun 35 yoshga to‘ldi

Baho:
+1 | -

Bugun, 23 fevral kuni O‘zbekiston  terma jamoasi sobiq himoyachisi Vitaliy Denisov 35 yoshga to‘ldi. Futbolchi nafaqat o‘zbek futboli tarixida, balki Ukraina va Rossiya chempionatida ham yorqin iz qoldirgan. Futbolchining karyerasidagi eng yaxshi davrlar Ukrainaning «Dnepr» va Rossiyaning «Lokomotiv M» jamoalari safida o‘tgan. Denisovning tug‘ilgan kuni sabab «temiryo‘lchilar» matbuot xizmati «Lokomotiv» safida o‘ynagan 100 nafar afsona» rukni ostida Vitaliy haqida maxsus maqola tayyorladi. Hozir biz sizlarga uni to‘lig‘icha taqdim etamiz.

Vitaliy — o‘ziga xos futbolchi. U nafaqat chap qanotda yorqin o‘yin ko‘rsatibgina qolmay, balki hujumga ham qo‘shilganligi bilan nom qozongan.

Shunday qilib, bugun biz «Loko»ning «Tor» laqabli (mashhur «Tor» filmidagi qahramon obrazi – tah) futbolchisining klub safida o‘tkazgan yorqin davrlarini eslaymiz. Denisov moskvaliklar safida 140 ta o‘yinni o‘tkazib, 1 ta gol urishga erishgan.  U Rossiya Premyer-ligasida (2018 yilda) va Rossiya kubogida (2015 va 2017 yillarda) g‘alaba qozongan. Shuningdek, Rossiyaning eng yaxshi 33 nafar futbolchisi ro‘yxatiga ham kirgan (ikki marta - birinchi o‘rinda).

Futbolchi Toshkent shahrida tug‘ilgan. Uning otasi Gennadiy Denisov o‘zbek futboli afsonasi ekanini inobatga olsak, Vitaliy ham ilk qadamlarini majoziy ma’noda futbol to‘pi bilan qo‘ygan bo‘lsa ajab emas.

«Ha, yaxshi eslayman, u doim kattalar bilan o‘ynardi», - deb eslaydi o‘zbekistonlik taniqli futbol menejeri, hozir Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCH-2022 tashkiliy qo‘mitasida ishlayotgan Alisher Nikimbayev. - Jumladan, O‘zbekiston terma jamoalari safida ham ba’zida katta yoshlilar safida o‘ynagan. Haqiqiy iste’dod!»

Bu yerda irsiyat rol o‘ynagan bo‘lsa kerak: uning otasi haqiqatan ham afsona, sovet davrida Toshkentning «Paxtakor» jamoasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi. Umuman olganda, ular sportchilar oilasi edi. Darvoqe, Vitaliyning akasi Vyacheslav basketbol bilan professional tarzda shug‘ullanib, O‘zbekiston terma jamoasi safida ham o‘ynagan.

«Endi o‘ylasam, bu mening yuksalishimga katta hissa qo‘shgan», — deydi Denisovning o‘zi. «Agar o‘sishni istasangiz, o‘zingizdan kuchliroqlar bilan o‘ynang», - degan iborani o‘zim uchun belgilab oldim. Bolalikda bir hatto ikki yosh katta bo‘lgan, jismonan ancha kuchliroq bo‘lgan futbolchilar bilan to‘p tepganman. O‘zbekiston terma jamoalari bilan Sankt-Peterburgda ham, Kiyevda ham, Qozog‘istonda ham, Qirg‘izistonda ham bo‘lganman... Yaxshiyamki, menda imkoniyat bor edi. Kuchli raqiblarga qarshi o‘yinlar ham futbolchining o‘sishiga yordam beradi. Nazarimda, ana shunday turnirlardan birida, ular mening o‘yinimni payqashgan.

Sarsaniya Konstantin Sergeevich menga  «Akademika» klubiga o‘tishni taklif qildi. Keyin onam bilan men Moskvaga uchib ketdik. Keyin Bolgariyada mashg‘ulot o‘tkazdik. U yerda deyarli hamma joydan futbolchilar bor edi, hatto Boltiqbo‘yi davlatlaridan, sobiq Sovet Ittifoqining turli hududlaridan futbolchilar kelgan edi... Ularning ba’zilari jamoada qolgan, boshqalari esa yo‘q. O‘z mehnatlarim evaziga 16 yoshimda SSKAning dubliga kirishga erishdim, 18 yoshimda esa Lissabonda kechgan «Sporting»ga qarshi 2005 yilgi UYEFA kubogi finalida qatnashdim».

Keyinchalik «armiyachilar» uni «Spartak»ga ijaraga berdi. Undan so‘ng Dnepropetrovskga ko‘chib o‘tish va «Dnepr» jamoasida o‘tgan 6 yil. Vanihoyat, 2013 yil boshida – «Lokomotiv»! «Loko» safidagi debyut o‘yin «Terek»ga qarshi kechgan. Biroq, negadir Vitaliy o‘sha uchrashuvni eslay olmadi. Ammo, u  «Zenit» bilan o‘yin haqida shunday deydi:

«Ochig‘ini aytsam, o‘sha o‘yinda harakatlarimning hammasi yaxshi chiqmadi», — deb eslaydi u. - Xalk meni ajoyib tarzda aldab o‘tdi va gol urdi. O‘tkazib yuborilgan golda ko‘p jihatdan mening aybim bor edi. Ammo o‘yindan keyin Slaven Bilich meni tinchlantirdi. Futbolchi uchun eng muhim narsa —murabbiyning ishonchi. Agar, sizga katta ishonch bildirilsa, siz qo‘ldan kelganingizcha harakat qilasiz! Darvoqe, «Lokomotiv»da o‘ynagan paytim murabbiylar borasida omadim kelgan — Kuchuk, Cherevchenko, Bojovich, afsonaviy Palich. Men hamma haqida faqat yaxshi narsalarni aytishim mumkin. «Loko»ga kelganimdan keyin, jamoa bilan ishlagan barcha murabbiylar mening xotiramda o‘chmas iz qoldirgan.

Mening hayotimdagi eng unutilmas vaqea 2015 yilda bo‘lgan. Klub bilan birinchi marta Rossiya kubogini qo‘lga kiritganmiz. Bu his-tuyg‘ularni hech narsa bilan ifodalab bo‘lmaydi. Va keyin - ikkinchi kubok va albatta, chempionlik. Men bir kun kelib, jamoa muxlislari yodidan ko‘tarilishim mumkin, lekin «Loko» bilan oltin medalni qo‘lga kiritganim hech qachon unutmayman».

Vitaliy Denisov 2013 yil avgustida «temiryo‘lchilar» safidagi birinchi va yagona golini kiritdi. U «Krasnodar» darvozasiga kiritgan goli haqida shunday deydi:  

«O‘sha kuni ob-havo dahshatli bo‘lganini juda yaxshi eslayman. Kuchli yomg‘ir sabab o‘yin bir necha soatga qoldirilgandi. Gol? Albatta, esimda. Maydon markazida jamoadoshlarim to‘pni egallab olishdi. Keyin esa Sasha Samedov jarima maydonchasiga kirib keldi. U to‘pni himoyachilar orasidan oldinroqq tashlab berdi. Maykon ham to‘pga yaqin edi, lekin u meni ko‘rdi va to‘pni qoldirdi... Men esa kuchli zarba bilan darvozaga yo‘lladim.

 

Agar o‘yinlar haqida gapiradigan bo‘lsam, Moskva klubi safida esda qolardi uchrashuvlar ko‘p bo‘lgan. Lekin men ularning ikkitasini ajratib ko‘rsataman. 2014 yil noyabr oyida «Dinamo»ga qarshi o‘yin - 4:2. Shuningdek, «Spartak»ga qarshi chempionlik uchun kurash - 4:3. O‘sha paytda yulduzli «Dinamo»ni mag‘lub etish juda qiyin edi, qolaversa o‘yinning 50-daqiqasigacha biz 0:2 hisobida yutqazayotgan edik. «Dinamochilar» safida Ionov va Judjak gol urishgan edi. Ammo biz o‘yinni o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldik: yarim soatdan kamroq vaqt ichida to‘rtta gol urishni uddaladik. Men esa o‘sha o‘yinda zaxiradan maydonga tushganman, shuning uchun men bu o‘yin bilan faxrlanishim mumkin: ushbu bahsda bevosita ishtirok etganman va jamoaga qo‘ldan kelgancha yordam berganman. To‘g‘ri men gol urmadim yoki kimgadir asisstentlik qilmadim, lekin ko‘plab hujumlarni boshlab berganman»

Biroq, Denisov nafaqat o‘zi ishtirok etgan o‘yinlari uchun, balki har doim astoydil kurashganligi uchun ham uni «RJD Arena» tribunalarida uni juda yaxshi ko‘rishgan.

Vitaliy bilan bog‘liq juda ko‘p voqealar bor (masalan, u Dmitriy Tarasovga bergan va’dasi uchun sochini kesgan), ammo biz hozir hammasini eslay olmaymiz. Keling, «matchtv.ru» saytida Artyom Melnikov bilan bo‘lgan intervyusidan bir parchani keltiramiz:

«...Internetdagi men haqimda eng kulgili voqea? To‘g‘ri aytdingiz, ko‘pchilik meni Tor nomli kino qahramoniga o‘xshatishadi. Kimdir o‘sha qahramon va mening rasmimdan kollaj yasadi... Birinchi marta ko‘rganimda ovozimning boricha kulib yubordim. Yigitlar darhol meni masxara qila boshladilar. Qolaversa, o‘sha kuni «Zenit» bilan o‘ynashimiz kerak edi:Xalk Torga qarshi. Umuman olganda, bu ajoyib edi.

- Turli tadbirlarda ishtirok etishni yoqtirasiz. Eng esda qolarli voqealarni aytib bera olasizmi?

- Muxlislar mendan biror narsa so‘rasa, har doim talablarini qondirishga harakat qilaman. Men kamdan-kam hollarda to‘ylarga boraman, ammo bir kuni «Lokomotiv» muxlislaridan biri meni taklif qildi. Ayol «Loko» muxlisi bo‘lagnturmush o‘rtog‘ini ajablantirmoqchi bo‘ldi... Men rad eta olmadim va kechaga bordim, yangi turmush qurganlarni tabrikladim. Bu qiziqarli edi. Esimda, yigit meni ko‘rib hayratda qoldi!

Yana bir qiziq voqea bo‘lgan. Internetda vorojyenlik «Lokomotiv» muxlisi bilan tanishdim. Uning ismi Aleksandr edi. U tez-tez do‘stlari bilan bizning o‘yinlarga kelib turardi. U mendan o‘yin paytida qiz do‘stining qo‘lini so‘ramoqchi ekanligini aytib, yordam so‘radi.

Aka-uka Miranchuk «Menga turmushga chiq» deb yozilgan banner yasashda yordam berishdi. Hammasi klub bilan kelishilgan edi. Bu aniq qaysi o‘yin ekanligini eslay olmayman, ammo o‘sha kunni hech qachon unutmayman. Aleksandr maydonga chiqdi, men va yigitlar bannerni ochdik va u tribunada o‘tirgan sevgilisiga turmush qurishni taklif qildi. Bu zo‘r edi ... Men bunday narsalarga osongina rozi bo‘laman. Bilaman, muxlislar futbolchilarni takabbur, faqat pulni o‘ylaydigan odam deb bilishadi. Ammo bu rost emas».

Ha,Vitaliy ana shunday futbolchi edi. Biz nafaqat «Lokomotiv», balki butun o‘zbekistonlik muxlislar nomidan Vityaning 35 yoshlik yubileyi bilan tabriklaymiz. Denisov «Loko»dan keyin Samaraning «Krilya», Qozonning «Rubin», Volgogradning «Rotor» va Kaliningradning «Baltika» klublarida o‘ynadi. Ammo u hali ham karyerasini yakunlashni rejalashtirmayapti! Chunki, uning hali o‘z oldiga qo‘ygan katta maqsadlari bor.

 

Sizga omad tilaymiz, Tor!

 

Jamshidjon Mahmudov tarjimasi.

Manba: «Локомотив Москва» матбуот хизмати
Kiritildi: 22:03, 23.02.2022.
O'qildi: 3305 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.