«Sampdoriya»ning daniyalik yarim himoyachisi Mikkel Damsgor yaqin orada safga qaytadi.
Avvalroq futbolchining yozgacha tiklana olmasligi ma’lum qilingan edi. Biroq 22 yoshli futbolchi kutilganidan tezroq tiklanmoqda va u allaqachon individual dasturda mashq olib bormoqda.
Damsgorning qaytishi taxminan bir yarim oydan ikki oygacha bo‘lgan muddatda amalga oshishi mumkin.