Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino 2-3 Lasio
29/09 17:00 Selta 1-1 Jirona
29/09 17:30 Braziliya 3-1 Marokash
29/09 18:00 Roma 2-1 Venetsiya
29/09 18:00 Komo 3-2 Verona
29/09 18:00 Ipsvich 2-2 Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao 1-1 Sevilya
29/09 20:00 Ukraina 9-4 Venesuela
29/09 20:30 Man. Yunayted 0-3 Tottenhem
29/09 21:00 Empoli 0-0 Fiorentina
29/09 21:30 Betis 1-0 Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 17:30 Fransiya - Paragvay
30/09 20:00 Qozog‘iston - Argentina
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

«Ba’zan o‘ylab qolaman, Messi uyalmayaptimi?», «Tan olishimiz kerak, Messi Parij klubiga hech narsa bera olmaydi». Mashhurlar nega Leodan norozi?

«Ba’zan o‘ylab qolaman, Messi uyalmayaptimi?», «Tan olishimiz kerak, Messi Parij klubiga hech narsa bera olmaydi». Mashhurlar nega Leodan norozi?

Baho:
+-1 | -

Futbol mutaxassislari, jurnalistlar va futbolchilar argentinalik taniqli futbolchi Leo Messi haqida bildirgan fikrlarini sizga havola etamiz.

 

Emmanuel Peti, «Arsenal» sobiq futbolchisi va Fransiya jamoasi safida jahon chempioni:

«Men Messini «PSJ» libosida ko‘rsam, bundan doimo xafa bo‘laman. Biz hammamiz Leoni ko‘plab muvaffaqiyatga erishishini istaymiz, ammo u buni «Barselona»da amalga oshirgan va barcha bunga o‘rganib qolgan. Men Messi va Mbappeni solishtirmoqchi emasman. Ammo so‘nggi bir necha oy ichida bir yulduzning o‘yinida pasayish bo‘liyu, boshqa bir futbolchining yuqoriga intilayotganiga guvoh bo‘ldik. Bu «Barselona»da porlagan Messining o‘zi emas, balki uning soyasi xolos».

 

Tyerri Anri, «Arsenal» va «Barselona»ning sobiq hujumchisi, Fransiya jamoasi safida jahon chempioni:

«Messi to‘p bilan juda kam vaqt o‘tkazadi. Hozircha «PSJ» Mbappening jamoasi hisoblanadi. Chunki parijliklarning qolgan a’zolari to‘pga ega chiqishi bilan Mbappega uzatishga harakat qilishmoqda. Bir pozisiyada faqat bitta lider paydo bo‘lishi kerak. «PSJ»da yulduz futbolchilar juda ko‘p».

 

Zlatan Ibragimovich, «Milan» hujumchisi:

«Bu Messi uchun yaxshi chaqiruv. U «Barselona»dagi uzoq yillik faoliyatidan so‘ng yangi narsalarni o‘zida sinab ko‘radi. «PSJ» barcha musobaqalarda g‘alaba qozonishni istaydigan va o‘sib borayotgan ambisiyali klub. Hozirgi «PSJ» mening davrimdagidan yaxshiroq jamoami? Yo‘q, biz ahil jamoa edik. Hozirda bunday deya olmayman».

 

Jibril Sisse, «Liverpul» va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi:

«Men aqldan ozgandek tuyulishim mumikn, lekin hozirda Ben Arfa ham Messidan yaxshiroq o‘yin ko‘rsatadi. Men uning o‘yinini ko‘rdim. Yana bir bor aytaman, Arfa hozirgi Messidan yaxshiroq formada.

 

Rafael van der Vart, «Ayaks», «Real Madrid», «Tottenxem» va Gollandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi:

«Messi? Uning o‘yini meni xafa qiladi. Bu irodasizlik qilmoqda. Ba’zan o‘ynashni xohlaydi, ba’zida esa yo‘q. Messiga maydonda talab juda katta, agar u gol urmasa yoki golli uzatma bermasa, u yomon formada degani. Hozir Neymar va Mbappe Messidan yaxshiroq o‘yin namoyish etmoqda. Masalan, Krishtianu Ronalduni ko‘rsangiz, bu ikkisi ikki xil o‘yinchi ekanligini ko‘ramiz. Ronaldu gol urmoqda va jamoasini keyingi bosqichga olib chiqmoqchi. Messi o‘yin payti maydonda aylanib yuradi. Keyin o‘ylab qolaman, u uyalmayaptimi? Bu holat «Barselona»da Ronald Kuman davrida boshlangan. Aslida, bu Messi tomonida amalga oshirilgan Kumanga nisbatan qilingan norozilik harakati edi. Bu Leodek futbolchiga yarashmaydi».

 

Sesk Fabregas, «Monako» yarim himoyachisi va Messining «Barselona»dagi sobiq jamoadoshi:

«Messi o‘ziga loyiq bo‘lganidan ko‘ra ko‘proq tanqid qilinmoqda. «Real»ga qarshi o‘yindan keyin unga nisbatan bildirilgan tanqidlarni o‘qib chiqdim. Ha, u maydonda asosiy yulduz bo‘lmasa-da, yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. U birinchi bo‘limda Mbappega boshqa futbolchilar qila olmagan pas evaziga darvozabon bilan birga-bir chiqarib yubordi. Shuningdek, u Neymarga assistiga assistentlik qildi. Ha, u penaltini aniq amalga oshira olmadi. lekin amalga oshirilmagan penalti uchun uni bunchalik tanqid qilish, shunchaki kulgili. Futbol bu bilan cheklanib qolmaydi. Qolaversa, Kurtua —fantastik darvozabon».

 

«Le Parisien», fransuz nashri:

Messi so‘nib bormoqda. U boshini eggancha, maydonni aylanib yuradi. Bizningcha, hozirda u avvalgidek emas».

 

Andrey Arshavin, «Zenit», «Arsenal» va Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi:

Hozircha, Messi effekti ishlamayapti. U «PSJ» o‘yiniga qanday ta’sir ko‘rsatishi aniq emas. Ular doimo 4-3-3 sxemasida yorqin o‘yin ko‘rsatishgan. Endi Messi ham jamoaga qo‘shildi. So‘nggi yillarda Leo «Barselona»da  markazga yaqinroq bo‘lgan ikkinchi hujumchi sifatida o‘ynadi. Hozirda u Parij klubida qanotda o‘ynashi kerak. Odatda, Neymar, Messi va Mbappe himoyaga qaytmaydi. Bu esa jamoaning o‘yiniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Messi jamoada begonami? Menimcha, ha. Menimcha, xozirda murabbiy Messining bor paytda ko‘proq qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Lekin nimadir qilish kerak, chunki siz uni zahirada ushlab turolmaysiz. U moslashishi kerak».

 

Nikolas Anelka, «Real Madrid», «Chelsi» va Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi:

«Messi butun faoliyatini «Barselona»da o‘tkazdi, unga boshqa klubga moslashish oson emas, chunki u uchun Parijdagi hamma narsa yangi. Menimcha, u «Barselona»ni tark etishni xohlamaganedi va bu unga oson emas».

 

Luis Suares, «Atletiko Madrid» hujumchisi va Messining «Barselona»dagi do‘sti va sherigi:

«Messi bilan har kuni gaplashamiz. Biz futbolchimiz va bunday daqiqalarda qanday harakat qilishni bilamiz. O‘yinlarimiz, oilalarimiz haqida gaplashamiz. Messi menga bu sovuqda va qor ostida o‘ynab juda qiynalganini aytdi. U yerda sovuq bo‘lishiga ko‘nikish ham kerak».

 

Karim Benzema, «Real Madrid» va Fransiya terma jamoasi hujumchisi:

«Messidek futbolchini tanqid qila olmaysiz. Kim buni qilsa, demak futbolda hech narsani tushunmaydi.

 

Jerom Rotin, «PSJ» sobiq futbolchisi:

Messini taklif qilib, «PSJ» katta xatoga yo‘l qo‘ydi. Albatta, imij nuqtai nazaridan, Messining transferi ajoyib, chunki u klubga katta foyda keltiradi. Lekin odamlar Messining o‘yinini tomosha qilish uchun kelishadi. Tan olishimiz kerak, u Parij klubiga hech narsa bera olmaydi. Uning o‘yinida texnik xatolar bor, ba’zan to‘pni yo‘qotadi, penaltini aniq amalga oshira olmaydi. Muammo birinchi navbatda uning xatti-harakatida».

 

Serxio Aguero, «Atletiko», «Man Siti», «Barselona» va Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi:

Fransuz jurnallari va gazetalari Messini «o‘ldirdi», ular bir to‘da jinnilar. Men fransuz nashrlaridan biriga intervyu berishni rejalashtirgandim, lekin Leoni tanqid qilganimdan so‘ng, intervyuni bekor qildim».

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi

Manba: Soccer.ru
Kiritildi: 22:32, 25.02.2022.
O'qildi: 10395 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.