Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/08 19:00 Surxon 0-1 Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv 2-1 Dinamo
07/08 20:00 Xorazm 2-0 Mash’al
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Pyanich: «Bolalar bu dahshatli tushni boshdan kechirmasliklari kerak»

Pyanich: «Bolalar bu dahshatli tushni boshdan kechirmasliklari kerak»

Baho:
+ | -

Bosniyalik yarim himoyachi Miralem Pyanich o‘z mamlakatidagi urush paytida (1992-1995) Bosniya musulmonlarining norasmiy poytaxti bo‘lgan (Sarayevo shahri rasmiy bo‘lgan, ammo bosniyalik serblar tomonidan bahsli bo‘lgan) Bosniyaning Tuzla shahrida tug‘ilgan.

O‘sha paytda Tuzla tinch emas edi va Pyanichlar oilasi Lyuksemburgga ko‘chib ketishdi. Shunga qaramay, u urush davrining azoblarini tatib ko‘rgan va bu hozirda qayta takrorlanayotganidan afsusda.

- Sirenalarning nolasi nimani anglatishini bilganimda juda yosh edim. Yana eshitganimda, ba’zi do‘stlarim bilan nima bo‘lganligi haqida o‘ylayman. Bolalar bu dahshatli tushni boshdan kechirmasliklari kerak», deb yozdi «Roma», «Yuventus» va «Barselona»ning sobiq futbolchisi.

Kiritildi: 09:05, 26.02.2022.
O'qildi: 875 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик