Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

"Chelsi" - "Liverpul": Lukaku va Saloh mavsumning birinchi sovrini uchun kurashadi

"Chelsi" - "Liverpul": Lukaku va Saloh mavsumning birinchi sovrini uchun kurashadi

Baho:
+ | -

"Chelsi" - "Liverpul" o‘yini bugun 27 fevral yakshanba kuni Londondagi "UYEmbli" stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv boshlanish vaqti Toshkent vaqti bilan 21:30 da.

Liga kubogi biroz g‘alati turnir. Bir tomondan, dastlabki bosqichlarda ingliz top-klublari unga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘lishadi, ko‘pincha jamaolar asosiy tarkibdan yiroq bo‘lgan zaxira futbolchilari va yoshlarga o‘yin vaqtini berishadi. Boshqa tomondan, gap kubok haqida ketyapti va asosiy o‘yinga kelganda, hamma darhol jiddiylashadi.

Kubok finalida mersisaydliklarning asosiy yulduzlari Saloh va Mane maydonga tushishi kerak. Ular birgalikda so‘nggi uchta o‘yinda yettita gol urishdi.

Yurgen Klopp qo‘l ostida "Liverpul" Chempionlar ligasida g‘alaba qozondi, finalda o‘ynadi, Yevropa Superkubogini qo‘lga kiritdi, ammo olti yil nemis murabbiyi faqat bitta ichki Angliya kubogiga ega bo‘ldi. Bu uzoq kutilgan chempionlik edi. Liga kubogi, albatta, ortiqcha bo‘lmaydi, ayniqsa, "qizillar" shu paytgacha o‘ziga xos kolleksiya to‘plash imkoniyatiga ega bo‘lib, bu mavsumda hamon to‘rtta unvonga da’vogarlik qilmoqda.

"Chelsi" yaqinda klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozonib, klub tarixida yetishmayotgan yagona kubokni qo‘lga kiritdi, lekin ular, albatta, boshqa unvondan voz kechishmaydi, ayniqsa chempionlik ehtimoli juda kam bo‘lgan mavsumda. Chempionlar ligasi esa bu mavsumda ancha qiyin marra bo‘lib ko‘rinmoqda.

Hozir ikkala jamoa ham ajoyib formada. “Chelsi” barcha musobaqalarda ketma-ket oltita, “Liverpul” esa to‘qqizta g‘alabaga erishdi. yanvar oyi boshida ushbu raqiblar "Stemford Brij"da ajoyib o‘yin ko‘rsatishdi - 2:2 va "ko‘klar" 0:2 hisobidan o‘yinni qutqarib qolishdi. Avgust oyida durang qayd etilgandi - 1:1. Bir yarim yil avval “Liverpul” “Enfild”da xokkeycha 5:3 hisobida g‘alaba qozongandi. Demak, final zerikarli bo‘lmasligi aniq.

“Liverpul” yuqori sport formasida, ishonchli himoyaviy o‘yin ko‘rsatmoqda va gol urishda hech qanday muammo yo‘q – ularning oldingi uchta o‘yinda kiritilgan 11 ta gol rekordi buni tasdiqlaydi.

Tuxelning ta’kidlashicha, "Liverpul" - favorit, ammo nemis o‘ziga ishonadi. Bir uchrashuvdan iborat o‘yinlar haqida gap ketganda, "Chelsi" fevral oyida klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida bo‘lgani kabi o‘zini ishni uddalaydigan jamoa ekanligini isbotladi.

Agar "Chelsi" Muhammad Saloh va "qizillar"ning hujum chizig‘i bosimiga dosh bera olsa, 2015 yildan beri ilk bor Liga kubogini qo‘lga kiritishi mumkin.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:36, 26.02.2022.
O'qildi: 2574 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.