Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Slavche Voyneski: “Nasaf” ajoyib jamoa ekanligiga guvoh bo‘ldim”

Slavche Voyneski: “Nasaf” ajoyib jamoa ekanligiga guvoh bo‘ldim”

Baho:
+ | -

Ertaga, 27 fevral kuni rasman O‘zbekistonda 2022 yilgi futbol musobaqalariga start beriladi. Farg‘onaning Yaypan shahridagi “O‘zbekiston” stadionida Superkubok bahsi o‘tkaziladi. Unda Toshkentning “Paxtakor” jamoasi Qarshining “Nasaf” klubiga qarshi saf  tortadi. Bugun mazkur jamoalarning bosh murabbiylari va futbolchilari bilan o‘yin oldi matbuot anjumani o‘tkazildi. Quyida “Paxatokor” jamoasi ustozi Slavche Voyneski  va jamoa yetakchilari Sardor Rashidov va Oliver Sharkichning o‘yin oldidan bildirgan fikralari bilan tanishishingiz mumkin.

Slavche Voyneski: 

Hammaga assalom-u alaykum. Ertaga bizni qiziqarli uchrashuv kutib turibdi. Biz bu o‘yinga mavsum oldi yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik va bahsni intiqlik bilan kutmoqdaman. 

Oldinda turgan uchrashuv 2 oylik mehnatimizning natijasini ko‘rsatib beradi. Shu jihatdan juda muhim. Bir o‘yindan iborat bu kabi uchrashuvlar har qanday murabbiy uchun og‘ir bo‘ladi. Ammo bu bizga hech qanday bosim yuklay olmaydi.

O‘tgan mavsum oxirida bir qator himoyachilar jamoani tark etgani tufayli mudofaa chizig‘imizni kuchaytirishimiz kerak edi. Bu boradagi tanlovlarimizni yig‘inlar doirasidagi nazorat o‘yinlarida sinovdan o‘tkazdik.

Men O‘zbekistonda yaxshi saviyadagi futbolchilar bor deb o‘ylardim. "Paxtakor"ga kelganimdan keyin bu fikrim o‘z tasdig‘ini topdi. Haqiqatan ham kuchli darajadagi o‘yinchilar ko‘p. Umid qilamanki, bu tez orada terma jamoa miqyosida ham natija bera boshlaydi.

O‘zi umuman bitta o‘yindan iborat bahslar har qanday murabbiy uchun qiyin bo‘ladi, lekin biz ertangi o‘yinga 100 % tayyormiz. Transfer qilgan futbolchilarimiz yig‘in davomida o‘zini yaxshi ko‘rsatdi.

Men yoshlarga alohida e’tibor beraman, lekin tayyor bo‘lmagan futbolchilarni asosiy tarkibga kirita olmaymiz. Chunki, o‘sha futbolchi birorta xatoga yo‘l qo‘ysa, bu uning ruhiyatiga ta’sir o‘tkazishi mumkin. Ertaga yosh futbolchilarni maydonga tushirishga harakat qilamiz. Hujumchimiz Sherzod Temirov jamoadan ketishi mumkin, chunki u hozirda boshqa jamoa bilan muzokara olib bormoqda. Shuni ham ta’kidlaymanki, Sherzodning o‘rnini bosa oladigan futbolchilar jamoamizda yetarlicha bor.

O‘yin oldidan ko‘plab sirlarni ochishni istamayman. “Nasaf”ning ko‘plab o‘yinlarini kuzatdik. Lekin, raqib jamoa bosh murabbiyi haqida biror narsa deya olmayman. Ammo shuni ham ta’kidlashim kerakki, “Nasaf” haqiqatdan ham yaxshi jamoa. Ular ancha paytdan beri deyarli bir xil tarkib bilan o‘ynamoqda. Ertaga ularga yetarlicha qarashilik ko‘rsatamiz. Har qanday murabbiyning o‘z o‘yin uslubi bo‘ladi va bu mening ham o‘ziga yarasha qarashlarim mavjud. Shu sabab Shota Arveladze davridagi “Paxtakor” va men ishlagan jamoani taqqoslamagan bo‘lardim. Ertangi o‘yin bo‘ladigan maydonga to‘xtaladigan bo‘lsa, stadion holat yoman emas. Va bu bizga yaxshi o‘yin ko‘rsatishimizga yordam beradi.

 

Sardor Rashidov:

 Ertgangi uchrashuv qiziq bo‘ladi deb o‘ylayman.  Biz ikki oy davomida yaxshi tayyorrgarlik ko‘rdik. Bu mavsumni ham o‘tgan yilgidek g‘alaba bilan boshlamoqchimiz. “Nasaf”ning o‘yini menga yoqadi. Chunki ularning tarkibida yosh futbolchilar bor. Qarshida kechgan har qanday o‘yin qiyin kechadi, chunki ularning muxlislari Yevropadagide o‘z jamoasini qo‘llab-quvvatlaydi. Maqsadim  “Paxatkor”da mavsum oxirigacha qolish va klub bilan Superkubokni yutish. Qolaversa, jamoa bilan OCHLda o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni namoyish etmoqchimiz.

 

Oliver Sharkich:

"Paxtakor"ga jiddiy va katta maqsadlar bilan kelganman. Mendan ko‘p narsa kutishayotganini bilaman. Shu sababli bor kuchim bilan jamoa g‘alabalariga hissa qo‘shishga intilaman

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 18:58, 26.02.2022.
O'qildi: 2358 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик