Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo‘yicha xalqaro an’anaviy «Stranja» Kubogi musobaqasi davom etmoqda.
Mazkur musobaqada ishtirok etayotgan -92 kilogramm vazndagi Madiyar Saidrahimov Bolgariya vakili Rodaslav Pantaleev bilan to‘qnash kelib, ishonchli tarzda zafar quchgan holda oltin medalni qo‘lga kiritdi.