Barchamizga ma’lumki, Chempionship Yevropaning eng qiziqarli ligalaridan biri hisoblanadi. Bu yerda «Fulxem» har doim Premyer-ligaga chiqish uchun kurash olib borgan. Joriy mavsum jamoa ikkinchi o‘rindagi «Bornmut»dan 9 ochkoga ilgarilab ketgan. «QPR» va «Xaddersfild» allaqachon 11 ochko ortda qolmoqda (garchi ular 1-2 o‘yin ko‘proq o‘ynagan bo‘lsalar ham). «Fulxem»da urilgan gollar soni shunchaki fantastic darajada - 81. Taqqoslash uchun, eng yaqin ta’qibchilarning har birida 49 tadan gol mavjud. To‘plar farqi ham hayratlanarli: «Fulxem» uchun - bu 52, «Bornmut» uchun 23, «QPR» uchun esa 11 ochko. «Xaddersfild»da bu ko‘rsatkich 8 taga teng.
Londonliklarning ushbu ajoyib natijasiga sababchi inson - bu serbiyalik hujumchi Aleksandr Mitrovich hisoblanadi. Uning hisobida 30 ta o‘yinda 37 ta gol bor. «Piterboro» bilan o‘tgan so‘nggi o‘yinda (2:1) londonliklarning har ikki goli ham Mitrovich hisobiga yozildi.
U bu orqali chempionatning bir mavsumidagi gollari soni bo‘yicha liga rekordini yangiladi - 32 gol. Mitrovich raqiblari darvozasini 31 marta ishg‘ol qilgan «Brentford» hujumchisi Ivan Tonining o‘tgan yilgi natijasini yangiladi. Mitrovich har bir o‘yinda o‘rtacha 1,1 gol urmoqda. U so‘nggi to‘rtta o‘yinda 5 ta gol urgan. Chempionchipda hech qachon bunaqa ko‘rsatkich bo‘lmaganini ham ta’kidlash joiz. Oldinda hali yana 14 ta o‘yin bor.
To‘purarlik poygasida Aleksandrga eng yaqin ta’qibchi bo‘lgan Ben Brereton raqibidan 13 golga ortda qolmoqda. Serbiyalik futbolchi mavsum yakunigacha liga tarixidagi total rekordni ham yangilashi mumkin. Gap shundaki, «Midlsbro» afsonasi Jorj Kamsel 1926/27 yilgi mavsumda 37 o‘yinda 59 ta gol urgan edi. Ma’lumot uchun, Chempionshipga 2004 yilda asos solingan.
27 yoshli Mitrovich «Fulxem» safida 2018 yildan buyon to‘p tepadi. 2019/20 yilgi mavsumda u Chempionshipning «Oltin butsa»sini qo‘lga kiritgan edi, ammo keyingi mavsum serb 26 gol bilan qanoatlangan. Londonliklar o‘sha mavsumda pley-off orqali Premyer-ligaga yo‘llanma olgan edi. Ammo APLda Mitrovich sentyabrdan aprelgacha uzoq davom etgan golsiz seriyani boshidan kechirdi. Natijada, hatto hujumchi o‘sha mavsumda klubiga (3) qaraganda terma jamoada (7) ko‘proq gol urgan.
Darhaqiqat, Mitrovich har doim terma jamoada muvaffaqiyatli o‘yinlarni o‘tkazgan. 44 gol bilan u Serbiya tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi (hatto Yugoslaviya terma jamoasini ham hisobga olgan holda). 2022 yil uning uchun yanada yorqinroq bo‘lishi kutilmoqda. Chunki Aleksandrning o‘zi portugaliyaliklar bilan dramatik o‘yinda katta sahnaga chiqib, Serbiyani Jahon chempionatiga olib chiqqani barchaning yodida bo‘lsa kerak.