Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

"Chelsi" uchinchi shaxslar qo‘liga o‘tdi

"Chelsi" uchinchi shaxslar qo‘liga o‘tdi

Baho:
+ | -

Shanba oqshomida Roman Abramovich "Chelsi"ni boshqarishni klub xayriya jamg‘armasi vasiylik kengashiga topshirgani ma’lum bo‘ldi.

Yakshanba kuni "Chelsi" Liga kubogi uchun kurash olib boradi. G‘alaba qozongan taqdirda londonliklar o‘z muzeyi uchun yana bir sovrinni qo‘lga kiritishadi, lekin Roman Abramovichning endi unga hech qanday aloqasi bo‘lmaydi.

Endi Abramovichning roli haqida bahslashishdan ma’no yo‘q. Va bularning barchasi mutlaqo siyosiy harakat ekanligini yashirishning ham ma’nosi yo‘q. Biroq bu tomonni muhokama qilmoqchi emasmiz, futbol haqida gapirgan ma’qul.

Abramovichga uning prinsiplari va boshqa narsalar nuqtai nazaridan har qanday munosabat bo‘lishi mumkin. Biroq, futbol nuqtai nazaridan, u haqiqatan ham egasining klubga qanday munosabatda bo‘lishi kerakligi to‘g‘risidagi o‘ylarni yuqori bosqichga olib chiqdi. Abramovich Angliyaga kelganida Premyer-ligada xorijlik xo‘jayinlar kam edi.

Abramovich uchun "Chelsi" yoqimli jamoa edi. London klubi uning uchun o‘yinchoq emasdi. Bu uning hayotning bir qismi edi. Ma’lumki, Abramovich "Manchester Yunayted" - "Real Madrid" uchrashuvidan keyin futbolga mehr qo‘ygan. O‘sha o‘yinni ko‘rgan har bir inson uni hech qachon unutmaydi. Ko‘rmaganlar uchun o‘sha uchrashuv 2003 yil 23 aprelda bo‘lib o‘tgandi.

Abramovich super futbolni ko‘rdi, klubni sotib oldi va uni aql bovar qilmaydigan darajaga olib chiqdi. "Chelsi" davri Abramovichgacha bo‘lgan uzoq va ma’nosiz hayotga va u kelganidan keyin ajoyib hayotga bo‘lingan:

Abramovich jamoaga kelishidan avval "Chelsi" Angliyada 1 marta champion bo‘lgan. U kelganidan keyin esa 5 marta. Bundan tashqari Angliya kubogi 5 marta, Liga kubogi 3 marta, Chempionlar ligasida 2 marta g‘alaba qozondi.

Abramovich uchun "Chelsi" muhim loyiha edi. Boshqa barcha egalardan farqli o‘laroq, futbol uning uchun muhim edi. U London klubi orqali Rossiyani qandaydir yuksaltirishga urinmadi. Bu, masalan, "Manchester Siti" yoki "PSJ"ning hikoyasi emas. U ko‘pchilik kabi "Chelsi"ni daromad manbai sifatida ko‘rmadi. Abramovich chin dildan futbol g‘alabalarini xohlardi, Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishni xohlardi.

Shu bilan birga, rossiyalik oligarx London klubida ideal boshqaruv tizimini qurishga muvaffaq bo‘ldi. "Chelsi" professionallik nuqtai nazaridan hammaga imkoniyat beradi. Shu sababdan, Abramovichning faoliyatini yakunlashi klub biznes jarayonlariga qattiq ta’sir qilmasligi kerakdek ko‘rinadi. To‘g‘ri, "Chelsi" o‘zining "ruhiyligi"ni yo‘qotish xavfi ostida. Hamma narsa bularning barchasi muhim bo‘lgan shaxs tomonidan boshqariladi degan tushuncha mavjud.

Bu aslida juda achinarli hikoya. Bir paytlar Abramovich ko‘p jihatdan o‘z qarori bilan murabbiy fikriga zid ravishda "Chelsi"ga Ukraina futboli afsonasi Andrey Shevchenkoni sotib olgandi. U hujumchini juda qadrladi. Futbolchi va klub xo‘jayini o‘rtasida yaqin munosabatlar mavjud bo‘lgani xabar qilingandi. Abramovichning qariyb 20 yillik ertagi shu tariqa nihoya topayotgani achinarli…

Kiritildi: 13:22, 27.02.2022.
O'qildi: 5816 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.