"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik "Uotford"ga (0:0) qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi.
"Biz qo‘lga kiritishimiz mumkin bo‘lgan 3 ochkodan faqt 1 tasini oldik. Menimcha o‘yinda gol urishdan boshqa barcha ishni qildik.
Ikkala jamoada ham g‘alaba qozonish uchun yetarlicha imkoniyat bo‘ldi. Afsuski, biz bilan bunday voqea birinchi marta sodir bo‘lmayapti", - dedi nemis mutaxassisi.