Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

"Navbahor" logotipi o‘zgardi

"Navbahor" logotipi o‘zgardi

Baho:
+ | -

Yangi mavsumda o‘z oldiga yuksak maqsadlar qo‘ygan va jamoaning shonli tarixini qaytarish niyatida bo‘lgan “Navbahor” Superliga – 2022ga ulkan o‘zgarishlar bilan qadam qo‘ymoqda.

Xabaringiz bor, jamoa futbolchilari bo‘lajak mavsumda  uchrashuvlarni ko‘k (asosiy) va oq (ikkinchi) rangli futbolkalarda o‘tkazishadi.

Klub logotipi ham shundan kelib chiqib o‘zgartirilib, unda ko‘k hamda oq ranglar o‘zaro mujassamlashtirildi.

Mazkur ramzdagi ko‘k rang mangu osmon va obihayot ramzi bo‘lib, bu — yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat hamda sadoqatni bildiradi. 

Oq rang esa muqaddas tinchlik ramzi bo‘lib, poklik, beg‘uborlik, soflik, ichki go‘zallikka intilishning timsoli. 

Logotipning o‘rtasida aks ettirilgan lochin esa o‘tkir ko‘z, zukko, doimo baland cho‘qqilarni ko‘zlovchi, nishonni aniq olib, maqsad sari olg‘a intiluvchi mag‘rur qush.

Ramzning aylanasi ichida “Navbahor” Namangan yozuvi bilan birgalikda klub tashkil etilgan 1978 yil qayd etilgan.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 23:21, 27.02.2022.
O'qildi: 1591 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик