Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Legionerlarimizdan daraklar: Ibrohimxalil — eng yaxshi, Shahboz Umarov BATEdan ketadimi?

Legionerlarimizdan daraklar: Ibrohimxalil — eng yaxshi, Shahboz Umarov BATEdan ketadimi?

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistoni. Mamlakat chempionati elit ligasi 22-turidan o‘rin olgan «An-Nasr» - «Abha» o‘yini 2:1 hisobida yakunlandi. E’tiborli tomoni, mezbonlar g‘alabani 90+7-daqiqadagina o‘z tomonlariga og‘dirishdi. G‘alaba goliga o‘yinning 79-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan Jaloliddin Masharipov assistentlik qilganini alohida aytish kerak.

Rossiya. O‘tgan hafta RPLda bahorgi bosqich boshlandi. Hamyurtimiz Ibrohimxalil Yo‘ldoshev jamoa­si - «Nijniy Novgorod» o‘z maydonida «Ural»ni penaltidan urilgan yagona gol evaziga dog‘da qoldirdi. 18-daqiqada jarohatlangan Aleksey Kozlov o‘rniga maydonga tushgan hamyurtimiz uchrashuv oxirigacha faolligi bilan ajralib turdi. Yakunda aynan Ibrohimxalil o‘yinning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi. «Ufa» yarim himoyachisi Oston O‘runov esa «Axmat»ga qarshi mehmondagi o‘yin (1:2)ning 70-daqiqasida maydonga tushdi.

Italiya. Koronavirusdan forig‘ bo‘lgan «Roma» hujumchisi Eldor Shomurodov «A» seriya 27-turidan o‘rin olgan «Spesiya»ga qarshi safar o‘yi­ni yakunlanishiga 10 daqiqa qolganida safga qo‘shildi. Rimliklar yakunda penaltidan urilgan gol evaziga ortga 3 ochko bilan qaytishdi.

Qatar. «As-Sayliya» mamlakat chempionati 20-turida «Qatar SK» bilan kuch sinashib, 1:1 hisobini qayd etdi. Jamoaning asosiy tarkibida maydonga tushgan yarim himoyachi Doston Hamdamov 60-daqiqada zaxiraga olindi.  

Eron. Tehronning «Istiqlol» klubi Eron chempionati 19-turida autsayderlardan biri «Fajr Sepasi»ni yagona gol evaziga mag‘lubiyatga uchratib, turnir jadvalidagi pesh­qadamlik mavqeni mustahkamladi. Jamoa safiga yaqinda qo‘shilgan Aziz Amonov bu bahsda ham boshlang‘ich tarkibdan o‘rin oldi va 60-daqiqagacha faol harakatlandi.

Moldova. YEL 1/16 finali dastlabki o‘yinini 2:0 hisobida o‘z foydasiga hal qilgan «Sherif» javob o‘yinida omadsizlikka uchradi - 0:2. Penaltilar seriyasida esa omad «Braga» klubiga kulib boqdi - 3:2. «Sherif» vakili Jasur Yaxshiboyev Portugaliyadagi bahsning 111-daqiqasigacha maydonda harakatlandi.  

BAA. Otabek Shukurov jamoasi - «Sharja» «Prezident kubogi» (mamlakat kubogi) finaliga chiqdi. Hamyurtimiz to‘liq vaqt to‘p surgan yarim final javob o‘yini 3:2 hisobida «Sharja» foydasiga hal bo‘ldi. Aytish joiz, Dubayda bo‘lgan ilk o‘yinda hisob ochilmagandi. Xullas, 90+2-daqiqada final yo‘llanmasini o‘z tomoniga og‘dirgan «Sharja» endi hal qiluvchi bahsda «Al-Vahda» bilan kuch sinashadi. BAA milliy chempionatiga kelsak, sharjaliklar 17-tur o‘yi­nida «Shabab Al-Ahli»ni yana oxirgi lahzalarda urilgan gol evaziga mag‘lubiyatga uchratdi. Otabek bunisida ham to‘liq vaqt davomida to‘p surdi, mehmon jamoa vakili Aziz G‘aniyev esa maydonda ko‘rinish bergani yo‘q. 

Belarus. BATE va «Energetik-BGU» o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi 2:2 hisobida yakunlandi. «Energetik-BGU» hujumchisi Bobur Abduxoliqov dastlabki daqiqalardan maydonda harakatlangan bo‘lsa, BATE yarim himoyachisi Shahboz Umarov chetda qoldi. Kutilishicha, u faoliyatini boshqa jamoada davom ettiradi. Har holda, Borisov jamoasi rahbariyati avvalgi nazorat o‘yinida bosh murabbiy bilan mojaroga borgan hamyurtimizni transferga qo‘­yishni o‘ylamoqda.

Qozog‘iston. «Qayrat» nav­batdagi nazorat o‘yinini «Riga»ga qarshi o‘tkazdi. Qozoq klubidagi legionerimiz Jasur Jaloliddinov 0:0 hisobida yakunlangan bu bahsga 60-daqiqada zaxiradan qo‘shildi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:30, 01.03.2022.
O'qildi: 2851 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.