«Liverpul» markaziy himoyachi Jo Gomes uchun potensial xaridorlardan 30 million funt talab qilmoqda. Bu haqda ElNacional nashri xabar bermoqda.
24 yoshli futbolchi Mersisayd klubini tark etishni istamoqda. Sababi u Klopp boshchiligidagi «qizillar» safida yetarlicha o‘yin amalyotiga ega bo‘lmayapti. Futbolchi joriy mavsum Premyer-ligada atigi 5 ta o‘yin o‘tkazdi.
Futbolchiga «Nyukasl», «Aston Villa» hamda «Real» klublari qiziqish bildirmoqda. Mish-mishlarga ko‘ra, «Nyukasl» so‘ralgan summani to‘lashga tayyorligini bildirgan.