Kirish Ro'yxatdan o'tish

Teo Ernandes "Milan"ning Italiya kubogi finaliga chiqishiga umid qilmoqda

Teo Ernandes "Milan"ning Italiya kubogi finaliga chiqishiga umid qilmoqda

Baho:
+ | -

"Milan" himoyachisi Teo Ernandes Italiya Kubogining birinchi yarim finalida "Inter" bilan durang (0:0)dan so‘ng, uydagi durang o‘z jamoasiga ustunlik berishini aytdi. Agar ikkinchi o‘yin durang bilan yakunlansa, “rossonerilar” mehmondagi gollar bo‘yicha ustunlikka ega bo‘lishadi.

"Biz yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Bu o‘yin qiyin bo‘lishini bilardik, ammo finalga chiqish uchun yana bitta uchrashuv bor. Biz bor kuchimizni sarflaymiz, kun-u tun ishlaymiz va ajoyib mavsumni o‘tkazamiz. Biz davom etishimiz va g‘alaba qozonishimiz kerak.

Gol urish uchun imkoniyatlarimiz bor edi, agar gol urmasangiz g‘alaba qozona olmaysiz, lekin biz yaxshi o‘ynadik, endi javob o‘yinini kutmoqdamiz", dedi Teo Ernandes Mediaset nashriga.

Javob o‘yini 20 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 07:49, 02.03.2022.
O'qildi: 1309 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.