«Milan» texnik direktori Paolo Maldini «Barselona»ning yarim himoyachi Frank Kessyerga bo‘lgan qiziqishi haqida fikr bildirdi.
«Barselona» Kessyega qiziqyaptimi? Hechqisi yo‘q, chunki uning shartnomasi yakunlanmoqda va u bilan hech qanday kelishuvimiz yo‘q», — deydi Maldini.
Kot-d’Ivuarlik futbolchining «rossonerilar» bilan amaldagi shartnomasi shu yozda tugaydi, shuning uchun u boshqa klublar bilan muzokara olib borishi mumkin.