Germaniya futbol federasiyasi «Dinamo» bosh murabbiyi Sandro Shvarsni egallab turgan lavozimidan ozod etilishga chaqirdi. Bu haqda Rossiya ommaviy axborot vositalari yozmoqda.
Shu bilan birga, Sandro Shvarsning o‘zi ham «Dinamo» bilan shartnomani buzishni istamagani ta’kidlangan.
Qo‘shimcha qilamizki, avvalroq RPL ikki nemis mutaxassisini tark etgan. Markus Gisdol «Lokomotiv» bilan hamkorlik qilishdan bosh tortdi, Daniyel Farke esa «Krasnodar» bilan shartnomani bekor qildi.