Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Superliga-2022: Yubiley ko‘rsatkichlarga hozirlaning!

Superliga-2022: Yubiley ko‘rsatkichlarga hozirlaning!

Baho:
+ | -

Mana, nihoyat, Superliga-2022 startiga ham yetib keldik. Barchamiz orziqib kutgan yangi mavsum kuchli «intriga» taqdim etishi bashorat qilinmoqda. Shuning barobarida ishtirokchi klublar ko‘plab yubiley ko‘rsatkichlar, natijalarni nishonlaydi, albatta. Marhamat, quyida Superliga-2022da qayd etilishi kutilayotgan «yumaloq» raqamlarga e’tibor qaratishingiz mumkin.

«PAXTAKOR»

* «Sherlar» milliy chempio­nat hisobidan 2000-golni nishonlashga yaqinlar. Ular buning uchun yana 15ta gol ursalar, bas.

* «Paxtakor» bu yil chem-pio­natda 900ta o‘yin marrasiga yetadi. Aniqrog‘i, Superligadagi 20-uchrashuvida.

* «Paxtakorchilar» bu yilgi mavsumda 2000-ochkoni rasmiylashtirish imkoniyatiga egalar. Hozir bu marragacha 50 ochko bor.

«SO‘G‘DIYONA»

* Jizzax klubini chempionatda yubiley - 1000-goldan atigi 38ta aniq zarba ajratib turibdi. Demak, o‘tgan mavsum raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishda kamtarona ko‘rsatkich bilan (jami 26ta gol) 2-o‘rinni egallagan «So‘g‘diyona» «yumaloq» raqamga yetish uchun mahsuldorlikni oshirishi kerak.

* «So‘g‘diyona» shuning barobarida Superliganing yana 5ta o‘yinida ochkolarni raqiblar bilan bo‘lishib olsa, jamoaning jami duranglari soni 150ta bo‘ladi.

AGMK

* Olmaliq jamoasi mamlakat chempionati elit ligasida 15-mavsumni qarshi olmoqda.

* AGMK Superliga doirasida yana 10 marta maydonga tushsa, 400ta o‘yin marrasini zabt etadi.

* Jamoaning 150-g‘alabasiga yana 5ta yutuq kerak.

* AGMK shuningdek, 90-durangni qayd etadi agar 5ta uchrashuvni murosa ko‘chasida tugatsa.

«NASAF»

* Qarshiliklar chempionatning start qismidayoq elit liga hisobidan 400-g‘alabani nishonlash imkoniyatiga egalar. Ularni bu marradan atigi 2ta yutuq ajratib turibdi.

* Yana 5ta o‘yindagi teng hisob «Nasaf» statistikasiga 150-durang sifatida yoziladi.

* «Nasaf»ning 1300-goliga atigi 10ta aniq zarba kerak. Qarshi klubi elit ligadagi gollar soni bo‘yicha faqat «Paxtakor», «Neft­chi» va «Navbahor»dan ortda, xolos.

«BUNYODKOR»

* «Bunyodkor» yangi mavsumdagi 31ta aniq zarba bilan chempionat hisobidan 800ta gol marrasini zabt etadi.

* Jamoa yana 5ta bahsda murosa ko‘chasini tanlasa, 90ta durang ko‘rsatkichi qayd etiladi.

* «Bunyodkor» yuqori ligada 900ta ochko marrasiga ham yaqin. Hozircha bunga 17 ochko yetmayapti.

«NAVBAHOR»

* Namangan klubi Superliga 1-turida «Nasaf»ni yenga olsa, uning chempionat tarixida jamlagan jami ochkolari soni 1400taga yetadi.

* Xuddi «Paxtakor» kabi «Navbahor» uchun ham yangi mavsumdagi 20-uchrashuv umumiy hisobda 900-o‘yin bo‘ladi. Xullas, O‘zbekiston chempionati elit ligasining barcha mavsumlarida faqat shu ikki klub ishtirok etgan.

«LOKOMOTIV»

* «Temiryo‘lchilar» yangi mavsumda chempionat hisobidan 500-o‘yinni nishonlashadi. Buning uchun yana 24ta uchrashuv kerak.

* «Lokomotiv»ning yangi mavsumdagi 20-yutuqli o‘yini jamoa hisobiga 250-g‘alaba sifatida yoziladi.

* «Temiryulchilar» yana raqib darvozasiga 28 marta yo‘l topishsa, jami gollarining soni 800ta bo‘ladi.

«QO‘QON-1912»

* Qo‘qonliklar bu yil 500-o‘yinni nishonlashadi. Bu marraga 20ta uchrashuv qoldi.

* «Qo‘qon-1912» tez orada chempionat doirasida 600-ochkoni rasmiylashtirishi mumkin. Ayni payt jamoa hisobida 599 ochko bor.

«QIZILQUM»

Yaqqol kutilayotgan yubiley ko‘rsatkichlar yo‘q.

«SURXON»

Yaqqol kutilayotgan yubiley ko‘rsatkichlar yo‘q.

«METALLURG»

* Bekobod jamoasi elit ligada 700-o‘yinni o‘tkazadi. Ayni payt uning hisobida 694ta o‘yin bor, demak, yana 6ta kerak.

«NEFTCHI»

* Superligaga qaytgan «Neft­chi» mamlakat chempionati yuqori divizionida 1600-golni nishonlash uchun bu yil raqiblar darvozasini 34 marta ishg‘ol qilishi kerak.

«DINAMO»

* Yana bir eski-yangi debyutantni elitadagi 250-g‘alabadan atigi 9ta o‘yindagi ijobiy natija ajratib turibdi.

«OLIMPIK»

* «Olimpik» O‘zbekiston chempionati yuqori ligasi tarixiga 41-ishtirokchi sifatida kiradi. 

Sergey KNYAZEV

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:00, 03.03.2022.
O'qildi: 1889 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.