Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

"Oq Pele" laqabini olgan afsona

"Oq Pele" laqabini olgan afsona

Baho:
+ | -

 Ziko nomi bilan mashhur Artur Antunes Koimbra 1953 yil 3 martda Rio-de-Janeyroda tavallud topgan, taniqli braziliyalik futbolchi, 1983-yilda dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Driblingchi va hujumlarni yakunlovchi iste’dodi uchun u "Oq Pele" laqabini olgan. “Futbol qiroli”ning o‘zi, agar kimdir unga mahorat bo‘yicha teng keladigan bo‘lsa, bu Ziko ekanligini aytgandi.

Bugungi tug‘ilgan kunini nishonlayotgan braziliyalik futbolchilik faoliyatini "Flamengo"ning yoshlar akademiyasida boshlagan va u bilan 1971 yilda professional shartnoma imzolagan. “Qizil-qoralar” safida Ziko 504 uchrashuvda qatnashgan (1971-1983). Bu klub uchun juda muvaffaqiyatli davr bo‘ldi, u ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritdi, jumladan, oltita Rio shtati chempionligi va uchta Braziliya chempionati oltin medali sohibi. 1981 yil ayniqsa samarali bo‘ldi, "Flamengo" Liberatadores kubogi va qit’alararo kubokni qo‘lga kiritdi. Faoliyati davomida Ziko ko‘plab shaxsiy sovrinlarga sazovor bo‘ldi, jumladan, Braziliyalik futbolchi "Liverpul"ga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etgan Qit’alararo kubok finalida o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

1983 yilda "Flamengo" navbatdagi chempionlikni qo‘lga kiritgach, Ziko "Udineze"da o‘ynash uchun Italiyaga ko‘chib o‘tdi. U o‘zining birinchi mavsumida 24 ta gol urib, ikki yildan so‘ng Flamengoga qaytishdan oldin 1983 yilda WorldSoccerMagazine tomonidan yilning eng yaxshi o‘yinchisi sovrinini qo‘lga kiritdi. O‘zining ilk jamoasi tarkibida Ziko 1985-1989 yillar oralig‘ida yana 74 marta o‘yin o‘tkazdi, bu esa uni o‘sha paytdagi klub tarixidagi rekordchiga aylantirdi.

Braziliya terma jamoasidagi faoliyati Ziko uchun u qadar muvaffaqiyatli bo‘lmagan. Ko‘plab yuqori toifali o‘yinchilarga qaramay, terma jamoaning o‘sha avlodi xalqaro miqyosda muhim narsa yuta olmadi. Braziliyaning bu vaqtdagi eng yaxshi natijasi 1978 yilgi jahon chempionatidagi 3-o‘rin bo‘ldi. Biroq, Zikoning o‘zi keyinchalik jahon chempioni bo‘ldi: 1995 yilda plyaj futboli bo‘yicha.

Ziko 1994 yilda Yaponiyaning “Sumitomo Metals” va “Kashima Antlers” klublarida 3 yil o‘ynab, futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

1995 yilda “Kashima Antlers”da Ziko texnik direktor bo‘lib faoliyat olib borgan bo‘lsa, oradan 2 yil o‘tib u Braziliya terma jamoasida yordamchi mkrabbiy lavozimida ishlagan. Keyinchalik Ziko 2002-2006 yillarda Yaponiya termasini boshqargan va 2004 yilgi Osiyo kubogida uning shogirdlari g‘olib bo‘lgan.

2006-2008 yilda braziliyalik afsona Turkiyaning “Fenerbaxche” jamoasida murabbiy bo‘lib, Turkiya chempioni va superkubogini qo‘lga kiritgan. 2008 yilga kelib mutaxassisning hizmatlariga “Bunyodkor” jamoasi qiziqish bildirgan.  Yurtimizdagi bir yillik faoliyati davomida braziliyalik  O‘zbekiston chempionati va kubogini sohibiga aylangan. 

 Shundan so‘ng jarima zarbalari qiroli bir nechta klublarni boshqargan. Uning ohirgi jamoasi Hindistonning “Goa” klubi hisoblanadi. “Goa” bilan Ziko 3 yil ishlaydi(2014-2017 yillar davomida).

Qiziqarli ma’lumot: Ziko murabbiylik faoliyatini boshlagach nafaqat o‘zi balki akasiga ham ish topib bergan. Edu (Zikoning akasi) ukasining shtabida yordamchi murabbiylardan biri bo‘lib ish olib borgan.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:25, 03.03.2022.
O'qildi: 3040 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.