Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Predrag Rogan: «Paxtakor» vaziyatlaridan foydalandi, «Dinamo» esa yo‘q. Stadionni to‘ldirib o‘tirgan muxlislarga rahmat»

Predrag Rogan: «Paxtakor» vaziyatlaridan foydalandi, «Dinamo» esa yo‘q. Stadionni to‘ldirib o‘tirgan muxlislarga rahmat»

Baho:
+ | -

Superliga 1-turi doirasidagi «Dinamo» - «Paxtakor» (0:2) uchrashuvidan keyin mezbon jamoa bosh murabbiyi Predrag Rogan o‘yin borasidagi savollarga javob qaytardi.

- Eng avvalo, «Paxtakor» jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Bu raqib kuchli va tajribali o‘yinchilarga ega ekanligini ko‘rsatdi. «Paxtakor» o‘z imkoniyatlarini kutdi va bundan foydalandi. Biz esa birinchi bo‘limning o‘zida yaqqol ikkita golli vaziyatlardan foydalana olmadik. Shokir Yo‘ldoshev dastlab zarba berishda biroz adashdi, keyin esa Yovanovichning zarbasi darvoza to‘siniga tegdi. Biz gol ura olmagach, raqib o‘z imkoniyatlarini golga aylantirdi.

Bugungi natija va o‘yinni unutib, ertaga yangi kunda yana mashg‘ulotlarga kirishamiz. Biz yangi jamoamiz va har bir mashg‘ulot biz uchun juda muhim. Ertadan kelasi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz.

Bugun stadionni to‘ldirib o‘tirgan samarqandlik muxlislarga rahmat deb qolaman. Ulardan uzr so‘rab qolaman. Biz o‘z imkoniyatlarimizni golga aylantirib, ularni xursand qilishimiz mumkin edi. Ular bizni yaxshi qo‘llab-quvvatlashdi.

- Shohmalik Komilovning tarkibda va o‘yin qaydnomasidan o‘rin olmagani nima bilan bog‘liq?
- Afsuski, u kecha «Paxtakor»ga qarshi so‘nggi mashg‘ulotimizda jarohat oldi. Shu bois u bizga yordam bera olmadi. Uning qachon qaytishi haqida ham aniq gap ayta olmayman.

- Umuman olganda, jamoaning o‘yinidan qanchalik qoniqdingiz?

- Yigitlar harakati va ishtiyoqidan qoniqdim deya olaman. Chempionat endi boshlandi, jamoaning o‘yini ham turdan turga yaxshilanib boradi.

Manba: "Динамо" матбуот хизмати
Kiritildi: 22:00, 03.03.2022.
O'qildi: 1569 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик