Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/10 21:30 Napoli 3-1 Komo
04/10 23:45 Verona 2-1 Venetsiya
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas - Liverpul
05/10 17:00 Espanyol - Malyorka
05/10 18:00 Udineze - Lechche
05/10 19:00 Arsenal - Sautgempton
05/10 19:00 Brentford - Vulverhempton
05/10 19:00 Lester - Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem - Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti - Fulhem
05/10 19:15 Xetafe - Osasuna
05/10 21:00 Atalanta - Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas - Selta
05/10 21:30 Valyadolid - Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton - Nyukasl
05/10 23:45 Inter - Torino
06/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

“Barselona” barcha qarzlaridan qutilishi va jiddiy transferlarni amalga oshirishi mumkin

“Barselona” barcha qarzlaridan qutilishi va jiddiy transferlarni amalga oshirishi mumkin

Baho:
+1 | -

 

 “Barselona”ning qiyin ahvoli hammaga ma’lum. Jamoada juda katta qarz va moliyaviy qiyinchilik kuzatilmoqda. Ammo klub o‘zlariga pul manbai topishdi va u bilan deyarli yarim yildan beri kelishuvga erishishga intilmoqda. “Barselona”ni “botqoqlik”dan chiqib olishiga kim yordam bermoqda va bu ishlar qachon va qanday qilib boshlandi? Quyida aynan shu haqida to‘liq ma’lumot bilib olishingiz mumkin.

Jamoa bosh direktori Ferran Reverter iste’foga chiqqanidan ikki hafta o‘tdi, bu uning prezident Laporta bilan “Blaugranas”ni boshqarish usullari va rivojlanish yo‘nalishlaridagi qarama-qarshiliklari bilan bog‘liq. Reverter klubda o‘rniga o‘rinbosar izlab qolishga rozi bo‘ldi, biroq ARA ma’lumotlariga ko‘ra, u o‘zining barcha vazifalarini allaqachon tark etgan va uning “Kamp Nou”dagi ofislarida qolishi shunchaki rasmiyatchilik bilan bog‘liq, deyiladi rasmiy bayonotda. Laporta atrofidagilarning xabar berishicha, Joan Reverter o‘rniga "moliyaviy mutaxassis" qidirmoqda.

Top-menejment pulni boshqarish bo‘yicha malakali odamni bosh direktorbo‘lishini xohlaydi, chunki "Barselona" o‘zining avvalgi buyukligini tiklash uchun kurashda banklar va investisiya fondlari bilan moslashuvchan munosabatlarga ega bo‘lishi kerak. Ulardan biri GoldmanSachsbo‘lib, u Bartomeu davridagi boshqaruvdan qolgan o‘tmishdagi qarzlarni qayta moliyalash uchun 600 million yevroga yaqin mablag‘ ajratgan va hozir EspaiBarca loyihasi bo‘yicha ishlarning asosiy qismini moliyalashning birinchi variantidir. Yana bir nomzodfond SVS bo‘lib, u bilan "Barselona" bir necha oy davomida individual shartlar bo‘yicha muzokara olib bormoqda, bu esa ularga LaLigaImpulso deb ataladigan kompaniyaga qo‘shilish imkonini beradi, bu esa La Liga klublariga 10% evaziga 2,7 milliard yevro daromad kiritishni nazarda tutadi. keyingi 50 yil davomida televideniye huquqlaridan olingan daromadlar azo klublarga ham beriladi. Bu operasiya Xaver Tebasning Lionel Messini qayta sotib olishlari uchun "ko‘k-anorranglilar"ga taklif qilgan qaror edi. Avvaliga Laportaga bu yaxshi fikrdek tuyuldi, chunki shu tariqa u ham argentinalik, ham unga ovoz bergan jamiyat oldidagi majburiyatini bajarishi mumkin edi. Ammo keyin klubga yaqin tuzilmalarning moliyaviy ekspertlari prezidentni 34 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashga arzimasligiga ishontirishdi.

Reverterning bosimi kataloniyaliklarning SVS shartnomasi shartlarini qabul qilishiga to‘sqinlik qilishda muhim rol o‘ynadi. Rad etish Messining ketishini anglatganidan g‘azablangan Tebas "Barselona"ning o‘sha paytdagi bosh direktorini La Liga va UYEFAga qarshi Superliga himoyachisi Florentino Peres ta’siri ostida ishlaganlikda aybladi. Ushbu tartibsizlik va “Real Madrid”, “Barselona» va Atletik tomonidan LaLigaImpulso bo‘yicha katta jamoatchilik va yuridik bosimga qaramay, Reverter 250-300 million yevro miqdoridagi mablag‘ni avvaliga qaraganda yaxshiroq shartlarda olish uchunSVS bilan aloqani to‘xtatmadi. “Blaugranas” Peresning qarshiligiga qaramay, bunday summadan bosh tortmoqchi emasligini aytdi. Shu bois Ferran bu pullar kataloniya hisoblarida qarz sifatida emas, balki aksiyadorlik jamiyati bo‘lgan klublarda bo‘lgani kabi kapitalga in’eksiya sifatida aks ettirilishini shart qilib qo‘ydi. Bu “Barselona” bilan shartnoma imzolash uchun asosiy shart. Messining ketishini oqlash uchun foydalanilgan televideniye huquqlarining 10 foizini topshirish haqidagi bahs ikkinchi darajali o‘ringa tushib qoldi. Bundan tashqari, SVS bilan muzokaralar olib borayotgan manbalar tan olishlaricha, ushbu foizlar evaziga pulni "qarz sifatida emas, balki kapital krediti sifatida" o‘tkazish jamoaga kifoya qiladi. "Biz qarzni yaxshiroq shartlarda berishimiz mumkin", deydi ular Kamp Nouda.

Reverter endi klubda “de-fakto” emasligi sababli, “Barselona”da bu masalani hal qilish uchun prezident Laporta, vise-prezident Eduard Romeu va g‘aznachi Ferran Olivet mas’ul. Bu jarayonlarda Madrid bilan aloqalari bor sport direktori Mateu Alemani ham ishtirok etmoqda. Muzokaralarning yakuniy maqsadi - SVS sport assosiasiyasini xuddi SAD (avtonom sport jamiyati) yordamida amalga oshirayotgandek kapitallashtirishga rozi bo‘lishi kerak. GoldmanSachs bilan birgalikda – LaLigaImpulso uchun taklif parametrlari spesifikasiyasiga ko‘ra, klublarga kiritilgan umumiy sarmoyaning 70% ga to‘g‘ri keladigan infratuzilmani moliyalashtirish masalalarini hal qiladi. Ya’ni, Goal nashrining yozishicha, Laporta va uning atrofidagilar pulni asosan sport loyihasini qurishga sarflamoqchi. Ular Spotify kelishuvi barcha xarajatlarni qoplash uchun etarli bo‘lmasligini bilishadi. Shvesiya kompaniyasi, asosan, mashhurligi va yaxshi obro‘si tufayli tanlangan, ammo foyda nuqtai nazaridanPolkadot va VeganNation 30% ko‘proq pul taklif qilgan edi. Endi bu farqni qandaydir tarzda qoplash kerak.

 Agar nihoyat SVS bilan kelishuvga erishilsa, “Barselona”LaLigaImpulsoga qarshi da’vosidan voz kechadi. Agar unday bo‘lmasa, yozgi transfer bozoriga to‘liq hamyon bilan kirish uchun boshqa daromad manbalarini topishga to‘g‘ri keladi, chunki Laporta uchun birinchi raqamli maqsad - Xoland. Unutmaslik kerak, Pyer-Emerik Obameyang 1 iyuldan boshlab to‘liq maosh ola boshlaydi va Jerar Pike kabi futbolchilar pandemiya davrida maoshlarni qisqartirish bilan bog‘liq to‘lovlarni kechiktirish huquqiga ega bo‘ladi. Gap bir-necha yuzming million yevro haqida ketmoqda.

Daromad bo‘yicha vaziyat sezilarli darajada yaxshilanmasa, moliyaviy feyr-pley yana klubning yangi sovrinlarni qo‘lga kiritishiga to‘sqinlik qiladi.

 O‘rtacha ispan klubi uchun CVC bilan kelishuv 50 yil davomida to‘lanishi kerak bo‘lgan qarzdorlik uchun ajoyib imkoniyatdir. Sport ipotekasi, bu mablag‘lar uzoq muddatga beriladigan ma’noda, balki cheklangan maqsadlar uchun sarflanishi mumkinligi nuqtai nazaridan ham. Yirik klublarning muammosi shundaki, ular umuman o‘zlarining media-aktivlari bo‘yicha kelishuv doirasida pul ishlashni rejalashtirishadi. "Barselona" mantiqan ikkinchi tomonning asl taklifni rad etdi. Ammo agar SVS o‘zaro hamkorlik formatida ko‘proq erkinlikni ta’minlash niyatida bo‘lsa, unda ushbu shartnomani jiddiy ko‘rib chiqish kerak. Yozdan beri o‘tgan vaqt ichida ko‘p narsa o‘zgardi va shuning uchun muzokarachilarning o‘zlari keyingi bosqichga yangi maqomda kirishmoqda.

 Shuni ta’kidlamoqchimanki, ko‘pchilik SVS bilan kelishuv yo‘qligi va Messini qo‘yib yuborish zarurligini bevosita bog‘laydi. Ammo bu mutlaqo haqiqatdan yiroq. Argentinalik shartnoma bilan bog‘liq muammo bahorda ish tartibida hal qilinishi mumkin edi va kerak edi, lekin yozda, hatto SVS bilan bo‘ladigan kelishuvni hisobga olgan holda, barcha qoidalarga rioya qilib bu ishni bajarish mumkin edi.

 Xayriyatki, “Barselona” yozdagidek umidsiz vaziyatda emas, u payt jamoa qiyin ahvolda edi. Aks holda, SVS bilan shartnomada kreditni katta vaqtga olishni orzu ham qilib bo‘lmasdi.  Tashkilot katta ehtimol bilan jamoaning qarzlarini qoplaydi va jamoaga bu kreditni to‘lash uchun yetarlicha vaqt beradi.

 Mundo Deportivoning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, "Barselona" SVS’dan o‘zlari xohlagan shartlar bo‘yicha kelishuvga erishishga juda yaqin turipti. Biroq, hozircha bu borada rasmiy xabarlar berilmagan.

Mirjalol Pardaboyev tarjimasi

Manba: www.sports.ru
Kiritildi: 00:34, 04.03.2022.
O'qildi: 10483 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.