Bugun, 4 mart Superliga 1-turidan o‘rin olgan "Metallurg" - AGMK va "Qizilqum" - "Lokomotiv" uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
O‘zPFL rasmiy Telegram kanali bergan ma’lumotlarga ko‘ra, "Metallurg" - AGMK o‘yinining (1:0) eng yaxshi futbolchisi deb Ibrohim Ibragimov topilgan bo‘lsa, "Qizilqum" - "Lokomotiv" uchrashuvida (2:0) Erkin Baydullayev "Man of the match" bo‘ldi.