Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Mirjalol Qosimov: «Biz hali qaytamiz va bundanda kuchliroq o‘yin ko‘rsatamiz»

Mirjalol Qosimov: «Biz hali qaytamiz va bundanda kuchliroq o‘yin ko‘rsatamiz»

Baho:
+ | -

Superliganing 1-turidan o‘rin olgan "Metallurg" – AGMK (1:0) uchrashuvidan so‘ng AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida qatnashdi.

— Yangi futbol mavsumi bilan barcha ishqibozlarni tabriklayman. "Metallurg" jamoasini esa g‘alaba bilan tabriklayman. Shunday kunlar boshimizga tushgan ekan, bu kunlar ham o‘tib ketadi, mag‘lubiyat bizni yanada kuchliroq qiladi. Bizni qo‘llab-quvvatlash uchun Olmaliqdan tashrif buyurgan muxlislarga rahmat aytib qolaman. Bundan tashqari, shogirdlarimga ham minnatdorchilik bildiraman. Birinchi bo‘limdayoq 10 kishi bo‘lib qolishimizga qaramasdan, oxirigacha kurash olib bordik. Eng muhimi, jamoadagi ruhiyat saqlanib qolgan. Maydondan chetlatilgan futbolchilar nechta o‘yinni o‘tkazib yuborishi haqida biror nima deya olmayman. Biz hali qaytamiz va bundan kuchliroq o‘yin ko‘rsatamiz.

— Mavsum avvalida markaziy himoyani to‘liq yangiladingiz. Avvalgi tarkibdan faqatgina Sardor Rahmonovni saqlab qoldingiz. Aynan Rahmonov qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Penalti belgilangan vaziyatda u xavf bartaraf eta olmaganidan tashqari sherigiga xalaqit berdi hamda raqibga qo‘pollik ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolandi. Uning harakatlariga izoh bersangiz...

— Vaziyatni qayta ko‘rib chiqqach, bir to‘xtamga kelaman. Hozircha bu haqda nimadir tushuntirib berishim qiyinroq. Ishlagan odam xato qiladi. Ishlamagan odamda bunaqa xato bo‘lmaydi. Futbolda hamma xato qiladi. Bunday vaziyatlar har doim bo‘lib turadi. Masalan, o‘tgan yili Jokich "Bunyodkor"ga qarshi bahsda maydondan chetlatilgandi, lekin o‘shanda natijani o‘z foydamizga hal qilgandik. Sardorni yoshligidan beri yaxshi bilaman, u hech qachon atayin noto‘g‘ri harakatlar qilmaydi. Kelgusi o‘yinlarda bunday xatolarni takrorlamaslikka harakat qilamiz.

— Anzur Ismoilov va Kasyan kabi yetakchi o‘yinchilarning yo‘qligi bugungi o‘yinga o‘z ta’sirini o‘tkazdimi?

— Jamoa bir kishiga qarab qolmagan. Klubda yo‘qotishlarning o‘rnini mavjud o‘yinchilar to‘ldirishi lozim. Shunda vaziyat normal tus oladi. Ismoilov hali endigina kelgan. Vaqti-soati kelib, ular ham tarkibga qo‘shiladi hamda klubni kuchaytirishga o‘z hissasini qo‘shadi.

— Oldingi "Metallurg" bilan hozirgisida farq sezdingizmi?

— Imkoni boricha, boshqa jamoa to‘g‘risida gapirishni xohlamayman. Hozir o‘z jamoam haqida qayg‘uryapman.

Tarkibning deyarli har bir chizig‘icha yetakchi o‘yinchilar jalb etildi, biroq hujum chizig‘iga futbolchi sotib olinmadi. Vaholanki, jamoada uchta hujumchi bor hamda uchalasinikini qo‘shib hisoblaganda, o‘tgan mavsum o‘nta ham gol urolmagan...

— Bu futbolchilarning ikkitasining klub bilan shartnomasi bor. Shu sababli ular jamoada qoldi. Zafar Polvonovni jamoadan ketkazish insoniylik jihatdan noto‘g‘ri bo‘lardi. U jamoa uchun mehnat qilgan, faoliyatini shu yerda yakunlamoqchi. Shu bois, u ham jamoada qoldi. Bu ish bugun bor, ertaga yo‘q. Lekin inson hamisha inson bo‘lib qolishi kerak. Polvonovga boshqa jamoalardan takliflar bo‘ldi, lekin u rad etdi. Uch hujumimiz bor ekan, boshqa o‘yinchi sotib olishga zarurat tug‘ilgani yo‘q.

Manba: АГМК клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 06:53, 05.03.2022.
O'qildi: 1051 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.