«Inter» hujumchisi Lautaro Martines «Salernitana»ni (5:0) mag‘lub etganidan so‘ng, golsiz seriyasidan xavotirda ekanligini tan oldi. U xet-trikni qiziga bag‘ishlaydi.
«Bu men uchun qiyin davr bo‘ldi, chunki hujumchilar gol bilan yashaydi. Jamoaga gol kerak edi. Men har doim bor kuchimni berishga harakat qilaman.
Xotinimga bu haqida ko‘p gapiraman, chunki jamoaga yordam bera olmaganimda xafa edim. Argentinadagi do‘stlarim va oilam bilan gaplashdim. Men bu uchta golni endigina bir yoshga to‘lgan va hozir uyda bo‘lgan qizimga bag‘ishlamoqchiman, umid qilamanki, u uxlayapti!» — deya Martines so‘zlarini keltirmoqda Sky Sport Italia.
Argentinalik futbolchi ushbu uchrashuvgacha ketma-ket 10 ta o‘yin o‘tkazib, gol urmagandi.