Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal - Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

"Spartak"ning "Vest Xem"da o‘ynayotgan futbolchisiga Fransiya klubi qiziqmoqda

"Spartak"ning "Vest Xem"da o‘ynayotgan futbolchisiga Fransiya klubi qiziqmoqda

Baho:
+ | -

Huquqiy jihatdan Moskvaning «Spartak» klubiga tegishli bo‘lgan, ayni paytda faoliyatini Angliyaning "Vest Xem" klubida ijara asosida o‘tkazayotgan Aleks Kral Fransiya chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Chexiyalik futbolchiga «Monpelye» klubi qiziqish bildirayotgani haqida FootMercato xabar tarqatmoqda.

Kral «Spartak» jamoasiga 2019 yilning yozida 12 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgandi.O‘shandan beri u "qizil-oqlar" tarkibida 60 ta uchrashuv o‘tkazdi. 2021 yilning avgust oyida «Vest Xem» klubiga ijaraga berib yuborildi.

23 yoshli yarim himoyachi «Vest Xem» tarkibida joriy mavsum uchta o‘yinda maydonga tushdi.

Kiritildi: 13:31, 05.03.2022.
O'qildi: 684 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик