Madridning «Atletiko» klubi ikki futbolchisi darhol jarohat oldi.
Ular Shime Vrsalko va Anxel Korrea. Ikkala futbolchi ham «Betis»ga qarshi bahsda jarohat sabab zahiraga olindi (3:1). Birinchi xorvat futbolchisining o‘rniga Yannik Karrasko, Korrea esa o‘z o‘rnini Antuan Grizmannga bo‘shatib berdi.
Vrsalko va Korreaning jarohati tafsilotlari va tiklanish muddati tibbiy ko‘rikdan so‘ng ma’lum bo‘ladi.