Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

“Qo‘qon-1912” jamoasi tanishtiruv marosimini o‘tkazdi

“Qo‘qon-1912” jamoasi tanishtiruv marosimini o‘tkazdi

Baho:
+ | -

Bugun Qo‘qon shahar xokimligining majlislar zalida “Qo‘qon-1912” jamoasi safiga yangi qo‘shilgan futbolchi hamda murabbiylarni tanishtirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda Qo‘qon shahar xokimi Ma’rufjon Usmonov ishtirok etdi hamda so‘zga chiqdi.
-“Qo‘qon shahrimiz o‘zbek futbolining vatani hisoblanadi. “Qo‘qon-1912” jamoasi esa yurtimizdagi eng tarixiy jamoadur. Bu yil biz uchun yubiley yili. Shahrimizda o‘zbek futbolining 110 yilligini nishonlaymiz. Qo‘qondagi “markaziy” stadionida katta rekonstruksiya ishlarini amalga oshiramiz. “Qo‘qon-1912” jamoasining akademiyasi uchun alohida joy ajratish masalasi shu kunlarda ijobiy hal bo‘ladi. Biz kelajakda o‘z futbol akademiyamizga ega bo‘lamiz. Jamoaning moddiy-texnika bazasini kuchaytirish borasida viloyatimiz xokimi bilan maslahatlashib oldik. Yurtimizdagi eng tarixiy jamoa bo‘lgan “Qo‘qon-1912” jamoasini O‘zbekistonning eng oldi jamoalaridan biriga aylantirishimiz lozim. Hurmatli jamoamizning ashaddiy muxlislari men sizlarga bir narsani va’da beraman, bugundan boshlab har doim, har kuni “Qo‘qon-1912” jamoasi bilan birga bo‘laman”-dedi jumladan M Usmonov.

Shundan so‘ng “Qo‘qon-1912” jamoasining prezidenti Baxtiyor Tolipov so‘zga chiqib, jamoaning o‘tgan mavsumdagi natijalariga to‘xtaldilar.

-“O‘tgan mavsumda “Qo‘qon-1912” jamoasi ko‘zlangan maqsadga erisha olmagan bo‘lsada, futbolchilarimiz yomon o‘yin ko‘rsatdilar deya olmayman. Futbolda g‘alabalar hamda mag‘lubiyatlar yonma-yon yuradi. Jamoamiz o‘tgan mavsumda ko‘plab tarixiy natijalarini yangiladi. Superliga klublari o‘rtasida eng ko‘p golli seriya, 18ta o‘yindan iborat, aynan jamoamizga tegishli bo‘ldi. Shuningdek safarda “Metallurg” va “Navbahor”, o‘z maydonimizda “Paxtakor” jamoalari ustidan tarixiy g‘alabalarni qo‘lga kiritdik. Safar o‘yinlarida ochko jamg‘arish bo‘yicha “Paxtakor”dan keyin ikkinchi o‘rinda bo‘ldik, 21 ochko. Afsuski o‘z maydonimizdagi ayrim o‘yinlarda kutilmaganda zarur ochkolarni o‘yqotdik.
Endi yangi mavsumda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ustida ishlaymiz. “Markaziy” stadionimizda ayni kunlarda yoritgichlarni yangilash ishlari davom etmoqda. Aprel oyida chempionatimizda katta tanaaffus yuzaga keladi. Ana shu tanaffusdan so‘ng, may oyidagi uy o‘yinlarimizni o‘zimizning stadionimizda o‘tkazamiz. Viloyatimiz hamda shahrimiz rahbariyati bu mavsumda jamoamizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashlarini bildirishmoqda. Xudo hohlasa bu yil ko‘zlagan maqsadlarimizga erishamiz. Mavsum avvalida jamoamiz logotipi halqaro standartlarga mos ravishda yangisigi almashtirdik. Endi qolgan sohalarda ham halqaro darajaga chiqish uchun astoydil ishlashimiz kerak bo‘ladi. O‘ylaymanki jamoamizda faoliyat olib borayotgan barcha mutaxassislar, murabbiylar hamda futbolchilarimiz bu yilgi mavsumda siz aziz muxlislarni xursand qilish, barcha yo‘nalishlardagi ishlarni professional darajaga olib chiqish uchun yetarli salohiyatga egalar. Sizlarni xursand qilish maqsadida ko‘plab taniqli, sizlar uchun sevimli bo‘lgan futbolchilarni jamoamizga taklif qildik. Ruxsatlaring bilan ularni sizlarga tanishtirsak”-dedi Baxtiyor Tolipov.

Shundan so‘ng jamoa safiga yangi qo‘shilgan futbolchilar navbati bilan keng jamoatchilikka tanishtirildi. Tadbirda jamoa sardori Murod Xolmuhammedov, futbolchilardan Javohir Sidiqov, Quvondiq Ro‘ziyevlar so‘zga chiqib, oldinda turgan mavsumda o‘zlarining chiroyli o‘yinlari hamda g‘alabalari bilan barcha muxlislarni xursand qilishga va’da berishdi.

Shuningdek jamoa bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov ham tadbirda so‘zga chiqdi.

-“ Assalomu alaykum qadrli muxlislarimiz. Sizlar bilan ko‘rishib turganimizdan xursandman. Oldimizda juda qiyin vazifa turibdi. Yangi mavsum oldidan jamoamizni ko‘plab futbolchilarimiz tark etishdi. Agar ular jamoadan ketmay turib, hozir safimizga qo‘shilgan Javohir Sidiqov, Quvondiq Ro‘ziyev , Dilshod Rahmatullayev kabi yaxshi ijrochilar qo‘shilganda edi, biz o‘z oldimizga yanada yuksak maqsadlarni qo‘ygan bo‘lar edik. Nachora bu futbol, hozirgi kunda biz bilan qolgan va jamoamiz safiga yangi qo‘shilgan futbolchilarga o‘z minnatdorchiligimini bildiraman. Biz jamoaviy futbolni yo‘lga qo‘yib olsak, albatta chiroyli o‘yin va g‘alabalar biz bilan birga bo‘ladi. O‘ylaymanki siz aziz muxlislarimiz bizlarni har qanday holatda ham yolg‘izlatib qo‘ymaysiz va qo‘llab turasizlar. Sizlarning qo‘llab-quvvatlashlaringiz futbolchilarimizga katta kuch beradi. Bu mavsum oldidan jamoamizda darvozabonlar murabbiyi bo‘lib Xislatjon Chilmatov ish boshladi. Shuningdek biz futbolchilarni jismoniy tomonlama tayyorlash uchun mutaxassis Islombek Musulmonovni ham jamoamizga taklif qilganmiz. Murabbiylar shtabi barcha futbolchilarga ishonadi va biz ularni har bir o‘yinga puxta tayyorlash uchun bor mahoratimizni ishga solamiz”- dedi B.Ashurmatov.

Marosim so‘nggida rahbariyat tomonidan jamoa oldiga qo‘yilgan maqsad e’lon qilindi. “Qo‘qon-1912” jamoasi oldidagi maksimum vazifa bu OCHL yo‘llanmasi, minimum vazifa esa kuchli beshtalikka kirish deb e’lon qilindi.

Tadbir so‘nggida jamoa a’zolari muxlislar bilan esdalik uchun suratlarga tushishdi. Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda o‘z yakuniga yetdi.

Manba: "Қўқон-1912" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 20:09, 07.03.2022.
O'qildi: 1158 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.