Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/11 00:45 Kalyari - Verona
30/11 01:00 Brayton - Sautgempton
30/11 01:00 Malyorka - Valensiya
30/11 18:00 Barselona - Las-Palmas
30/11 19:00 Komo - Monsa
30/11 20:00 Brentford - Lester
30/11 20:00 Kristal Pelas - Nyukasl
30/11 20:00 Nottingem Forest - Ipsvich
30/11 20:00 Vulverhempton - Bornmut
30/11 20:15 Alaves - Leganes
30/11 22:00 Milan - Empoli
30/11 22:30 Vest Xem - Arsenal
30/11 22:30 Espanyol - Selta
01/12 00:45 Bolonya - Venetsiya
01/12 01:00 Valyadolid - Atletiko

«MYU»da navbatdagi iste’fo yaqinmi?

«MYU»da navbatdagi iste’fo yaqinmi?

Baho:
+ | -

Noyabr oyida Ole-Gunnar Sulsher boshchiligidagi «Manchester Yunayted» derbida 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lganidan xabaringiz bor. Gvardiola jamoasi darvozasiga o‘shanda «qizil iblislar» naq 16 ta zarba yo‘llashgan edi. Kecha esa Ralf Rangnik boshchiligidagi «Manchester Yunayted» Ederson darvozasi tomon atigi beshta zarba yo‘lladi xolos. «Shaharliklar» esa umumiy 24 marta zarba berib, bu oraliqda David De Xea 10 marta seyv qilishga majbur bo‘lgan.

Xulosa esa yagona: «MYU» o‘tgan 4 oy davomida muxlislari kutgan o‘yinni hali ham namoyish eta olmayapti. Premyer-liganing qolgan jamoalari «Old Trafford»ga juda ham erkin tarzda tashrif buyurmoqda va g‘alaba qozonish ham qiyin bo‘lmay qolgan.

Himoyadagi pala-partish harakatlar bugungi «Manchester Yunayted»ning «fishkasi»ga aylangan desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

«Etihad»dagi bahsda Xarri Maguayr boshchiligidagi himoya chizig‘ining mutlaq tarqoqligiga guvoh bo‘ldik. Buni ruhiy jihatdan kutilmagan holat deyish ham qiyin aslida. Darhaqiqat, kecha «Manchester Yunayted» sardorining o‘ziga 100% ishonmagani ko‘rinib qoldi.

Ralf Rangnikdan «Manchester Yunayted« himoyasi haqida so‘ralganda, nemis murabbiyi imkon qadar kamchiliklarni yashirishga harakat qilmoqda. Biroq yakshanba kungi derbida sodir bo‘lgan voqealardan so‘ng Rangnikning har qanday statistik bahonalari ham sharmandalikni yashirishga kifoya qilmadi.

To‘g‘ri, «Manchester Yunayted»da koronavirusga chalingan futbolchilar ham bor. Jamoa Varan va Shouning imkoniyatlaridan foydalana olmadi, ammo baribir maydonda to‘rtta professional himoyachi bor va ular Xarri Maguayr boshchiligida qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yayotgan ekan, tanqidlar yomg‘irini to‘g‘ri tushunsa bo‘ladi.

Futbol mutaxassislari muxlislarning emosional javoblariga qo‘shilishdi. Maguayr «Manchester Yunayted» libosida eng yomon o‘yinlardan birini o‘tkazdi, «Siti»ning har bir xavfli hujumi vaqtida himoyachi o‘zini yo‘qotib qo‘ygan holda barchani asabiylashtirdi. Buni ko‘rish uchun futbolda maxsus bilim ham kerak emas. Lindelyof va Van-Bissaka Xarri bilan yaxshi trio hosil qilishdi, biroq Maguayr derbilarga mos ravishda o‘zida kuch topib, yetakchilikni qo‘liga ololmadi.

Yetakchining yo‘qligi

Krishtianu Ronaldu juma kuni mashg‘ulot paytida jarohat olib, safdan chiqqan edi, u kichik muammolarga duch keldi. Bu yerda ko‘rinishidan, jiddiy narsa yo‘q edi. Lekin murabbiy portugalni ayashga qaror qildi. To‘g‘ri, bu oqilona tanlov bo‘lishi mumkin, ammo bu yerda boshqacharoq yondashuv qilsa ham bo‘lardi. Ronalduni derbi uchun hech yo‘q qaydnomaga kiritish futbolchilarga ruhiyat baxsh etgan bo‘lar edimi?!

Nemis mutaxassisi rasmiylikdan chekinmadi, barcha protokollarga amal qildi va Krish o‘z vataniga uchib ketdi. Rangnikka bu borada rasmana tajriba yetishmaganini qayd etish zarur.

«To‘g‘risi, barcha narsa meni xafa qilmoqda, lekin bularni bu yerda aytganimdan foyda yo‘q. Futbolchilar kelib shifokor va tibbiyot bo‘limi xodimlariga jarohat olganliklarini va o‘yinga tayyor emasligini aytishadi. Men buni murabbiy sifatida qabul qilishga majburman. Boshqa choram ham yo‘q. Agar kimdir jarohat olgan bo‘lsa, uni o‘yinga majburlay olmayman», — deydi Rangnik.

Statistikaga yuzlanadigan bo‘lsak, Rangnik qo‘l ostida «Manchester Yunayted» 18 o‘yin davomida gol o‘tkaza turib, aksariyat bahslarda hisobni tenglashtirishning uddasidan chiqa olmayapti. Ushbu 18 uchrashuvda jamoa 8 ta g‘alabani qo‘lga kiritdi (44,4%). Ammo bu natijalar ham «MYU» ko‘rsatayotgan o‘yin uchun yaxshi ko‘rinaverishi mumkin. Agar uning ortidan quvib kelayotgan klublar qoldirilgan bahslarini o‘tkazib olishsa, «qizil iblislar» 5-pog‘onadan 7-ga ravona bo‘lishlari hech gap emas. Rahbariyat esa Rangnik taqdirini hozirdan hal etishga kirishgan bo‘lsa ajab emas.

Kiritildi: 22:26, 07.03.2022.
O'qildi: 4451 marta.
Fikrlar: 25 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.