Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

«90min». APLning fevral oyidagi eng yaxshi hujumchilar ro‘yxati bilan tanishing!

«90min». APLning fevral oyidagi eng yaxshi hujumchilar ro‘yxati bilan tanishing!

Baho:
+ | -

Har oyda «90min» nashri Angliyaning beshta ligasidan eng yaxshi futbolchini aniqlash borasida so‘rovnoma o‘tkazadi. Siz muxlislar esa ko‘rsatilgan nomzodlar ichida o‘zingiz yoqtirgan va muxlisi bo‘lgan futbolchiga ovoz berish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Quyida nashr tomonidan oy uchun eng yaxshi futbolchilikka nomzodlar bilan tanishasiz.

1. Son – «Tottenxem Xotspur»

O‘yinlar soni: 5 ta;
Gollar: 2 ta;
Assistlar: 2 ta.

Umuman olganda, fevral oyi «Tottenxem» uchun oson o‘tmadi. Shunga qaramay, ushbu davr liga peshqadami bo‘lgan «Manchester Siti» ustidan qozonilgan g‘alaba bilan eslanadigan bo‘ldi. Shuningdek, Son bu paytda o‘z sherigi bilan APL rekordini ham qayd etdi. «Sautgempton»ga qarshi bahsda gol urganidan so‘ng, koreyalik yulduz «Etihad»dagi dramada assitentlik borasida akademik namuna ko‘rsata oldi. U «shaharliklar»ga qarshi ikkita assist qayd etgan. Sonning «Lids»ga qarshi urgan goli esa uni APL tarixiga olib kirdi.

2. Muhammad Saloh – «Liverpul»

O‘yinlar soni: 4 ta;
Gollar: 3 ta;
Assistlar: 1 ta.

Ha, ushbu oyni misrlik qirol uchun o‘ta omadli o‘tdi deya olmaymiz. Ammo u o‘z darajasida harakat qilishda davom etdi va yana bir rekordga erishdi. Saloh «Norvich»ga qarshi bahsda «mersisaydliklar» safidagi 150 golini urgan edi. Shuningdek, u «Lids»ni sharmanda qilishda ham jamoasiga o‘z ko‘magini berib turdi. O‘sha o‘yinni Muhammad 2 ta gol hamda 1 ta assist bilan yakunlagan edi. Hisob esa 6-0 ko‘rinishida tugagan.

3. Jarrod Bouen – «Vest Xem»

O‘yinlar soni: 4 ta;
Gollar: 2 ta;
Assistlar: 1 ta.

Ikkinchi marta ketma-ket oy futbolchiligi uchun nomzodi qo‘yilayotgan hujumchining «Vest Xem»dagi formasi ajoyib darajaga chiqib ulgurgan. Bouen London jamoasini ko‘p bahslarida qutqaruvchi vazifasini bajarib kelmoqda. U shunday davom etsa, ko‘p ehtimol, tez orada Angliya terma jamoasiga chaqiruv oladi. Jarrod oyni «Uotford»ga qarshi bahsda gol urish bilan boshlaydi (1-0). Keyingi uchrashuv, «Lester» bilan o‘yinda 2 ta golda bevosita ishtirok etdi. Aynan uning sa’y-harakatlari tufayli, «Vest Xem» har ikki o‘yinda uch ochkoga ega chiqdi.

4. Harri Keyn – «Tottenxem»

O‘yinlar soni: 5 ta;
Gollar: 3 ta;
Assistlar: 1 ta.

Albatta, «shporlar» o‘tgan oyni oson o‘tkazmadi. Jamoa ochko yig‘ishga ancha qiynaldi. Shunga qaramay, Keyn shaxsiyati uchun ushbu davr nisbatan ijobiy edi. Chunki aynan u, yengib bo‘lmasdek tuyulgan «Manchester Siti»ni o‘z maydonida «uxlatib» qayta oldi. Angliya terma jamoasi APL tarixiga eng ko‘p gol ishtirok etgan juflikning biri bo‘lib kirdi. Haqiqatdan ham Keyn va Son darajasi o‘z jamoasidan bir pog‘ona yuqori(dek). 28 yoshli hujumchi «shaharliklar» darvozasini naq uch marta ishg‘ol qildi. Ulardan faqat ikkitasi hisobga olingan edi.

5. Che Adams – «Sautgempton»

O‘yinlar soni: 4 ta;
Gollar: 3 ta;
Assistlar: 1 ta.

Ushbu mavsum hujumchi uchun o‘ta sokin kechayotgan edi. Ammo Adams fevraldan ishga qattiq kirishdi. U jamoasining fevral oyidagi barcha (4 ta) o‘yinida faol harakat qildi. «Sautgempton» oyni mag‘lubiyatsiz yakunlay oldi va bu tahsinga sazovar holatdir. Xususan, ingliz futbolchisi jamoasi uchun «Tottenxem»ga qarshi g‘alaba golini, «MYU» bilan esa hisobni tenglashtiruvchi golni kiritgan. U shuningdek, «Norvich» ham gol urgan edi. «Everton» bilan bahsda esa assist muallifiga aylangan.

6. Kreyg Douson – «Vest Xem» (himoyachi)

O‘yinlar soni: 4 ta;
Gollar: 2 ta (!);
Assistlar: 0 ta;
Quruq o‘yin: 2 ta.

Jamoasi mudofaasida qalqon vazifasini bajaradigan futbolchi, Douson uchun ushbu oy omadli kechdi. Markaziy himoyachi bo‘la turib, «Lester» hamda «Nyukasl» bilan o‘yinda jarima zarbalaridan gol urgan Dousonni ushbu ro‘yxatga kirishga haqli deb hisobladik. Agar buni yetarli deb bilmasangiz, u holda himoyachi tomonidan saqlab qolingan ӯsha ikkita bahsdagi dahlsiz darvozani keltiramiz. O‘shbu «Uotford» hamda «Vulverxempton»ga qarshi bahslar Douson jamoasining foydasiga yakun topgan.

Hurmatli futbol ixlosmandlari, siz ham ushbu havola orqali o‘tib(shuningdek, havola maqolaning asl nusxasini o'qish uchun ham), yuqoridagi futbolchilardan biriga ovoz berishingiz mumkin.

 


Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 17:57, 08.03.2022.
O'qildi: 2064 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.