"Lester Siti" futbolchisi Yuri Tilemans o‘zining jamoadagi kelajagi haqida firk bildirdi. Unga bu haqida savol berilganida:
"Ha, albatta. Men bu yerni yaxshi ko‘raman. Ushbu jamoa sharafini himoya qilish ajoyib ish. Kelajakni esa oldindan aytib bo‘lmaydi. Nima bo‘lishini ko‘raveramiz", - dedi.
Belgiyalik futbolchi "tulkilar" safida 2023 yilga qadar o‘ynash huquqiga ega. U uchun yozda "MYU" hamda "Arsenal" kurashishi aytilgan.