Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

APLning barcha davrlardagi eng yaxshi to‘purarlari (top-20)

APLning barcha davrlardagi eng yaxshi to‘purarlari (top-20)

Baho:
+ | -

Dushanba oqshomida "Everton" hamda "Tottenxem" o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tgan edi. Unda Harri Keyn dublga erishib, gol urish borasida Tyerri Anridan o‘tib ketdi. 1992 yil, Angliya elit futboli APL deb atala boshlaganidan buyon tarix 30 mingdan ortiq golga guvoh bo‘ldi. Quyida sizning e’tiboringizga Angliya Premyer-ligasining eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatini havola etamiz.

20. Romelu Lukaku (118 ta gol)

Klublar: "Chelsi", "Vest Brom", "Everton" hamda "MYU".

Ko‘pchilikka noma’lum bo‘lishi mumkindir, ammo Lukaku o‘zining ilk APLdagi mavsumini "Chelsi" safida golsiz yakunlaydi. Ammo u "Vest Brom"da bir mavsumda 17 ta gol urishga erishadi. Belgiyalik hujumchi "Everton"da 4 mavsum harakat qilib, 60 ta, "MYU" libosida esa 28 ta gol urishga erishgan.

19. Stiven Jerrard (120 ta gol)

Klub: "Liverpul"

Ayni damdagi "Aston Villa" ustozi futbolchilik faoliyatida faqat bir klub sharafini himoya qilgan. U 2008-09 mavsumda eng zo‘r natija qayd etadi (16 gol). Jerrard 2015 yilda faoliyatini yakunladi. Uning natijasi esa jami 710 ta bahs hamda 185 ta gol edi.

18. Duayt York (123 ta gol)

Klublar: "Aston Villa", "MYU", "Blekbern Rovers", "Birmingem Siti", hamda "Sanderlend".

Ushbu futbolchi "MYU" libosi bilan fantastik darajaga chiqa olgan edi. Uning Endi Koul bilan maydonda bir-birini tushuna olishi tengsiz bo‘lgan.

17. Nikolya Anelka (125 ta gol)

Klublar: "Arsenal", "Liverpul", "Manchester Siti", "Bolton", "Chelsi", "Vest Brom".

Fransuz futbolchisi Angliyada ikki bor yil jamoasidan o‘rin oladi. U 10 yil davomida ajoyib faoliyat yuritdi va tarixda qoldi.

16. Robbi Kin (126 ta gol)

Klublar: "Koventri", "Lids", "Tottenxem", "Liverpul", "Vest Xem", "Aston Villa".

Hujumchining eng gullab-yashnagan davri 2005-06 yilgi mavsumga to‘g‘ri keladi. U o‘shanda "Tottenxem" bilan YECHLni yutishiga bir bahya qolgandi.

15. Jimmi Floyd Xasselbaynk (127 ta gol)

Klublar: "Lids", "Chelsi", "Midlsbro", "Charlton".

Jimmi 1990 yillar o‘rtasida "Lids"da porlab chiqadi. Keyinchalik esa "Chelsi"ni yuksaltirishda katta hissa qo‘shdi. U o‘zining eng yaxshi mavsumida Londonda 23 ta gol urishga erishgan.

14. Jeymi Vardi (128 ta gol)

Klub: "Lester Siti".

Sobiq fabrika ishchisi APLga 27 yoshida kirib kelgan edi. Vardi dastlabki mavsumini 5 ta gol bilan yakunlaydi. Keyingi yillarda esa 24, 13, 20 18, 23, 15, 15 va bu mavsumning buguniga qadar 10 ta gol urishga erishgan.

13. Robin van Persi (144 ta gol)

Klublar: "Arsenal", "MYU".

Niderlandiyalik hujumchi "MYU"ni 20 chempionlikka erishtirishda katta yordam beradi. U 2012-13 yilgi mavsumni 26 ta gol bilan yakunlagan edi. Robin "Arsenal" safida 96 ta gol urishga erishadi.

12. Teddi Sheringem (146 ta gol)

Klublar: "Nottingem Forest", "Tottenxem", "MYU", "Portsmunt" hamda "Vest Xem".

Teddi ajoyib hujumchi edi. U APL tarixidagi ilk "Oltin butsa"ni qo‘lga kiritgan futbolchiga aylanadi.

11. Les Ferdinand (149 ta gol)

Klublar: "QPR", "Nyukasl", "Tottenxem", "Vest Xem", "Lester", "Bolton".

Futbolchi "Nyukasl" bilan Angliya chempioniga aylanadi. O‘sha mavsumda Ferdinand hisobida 25 ta gol bor edi. U shuningdek, 10 minginchi APL goliga ham mualliflik qiladi.

10. Maykl Ouen (150 gol)

Klublar: "Liverpul", "Nyukasl", "MYU", "Stok Siti".

Mersisaydliklar safida gullab-yashnagan faoliyati sababli 2001 yilda ingliz futbolchisi "Oltin to‘p"ga loyiq topiladi. Ouen ikki yil ketma-ket ravishda 18 ta gol bilan mavsumni yakunlay olgan edi.

9. Jermeyn Defo (162 ta gol)

Klublar: "Charlton", "Vest Xem", "Tottenxem", "Portsmunt", "Sanderlend" hamda "Bormunt".

Defo "Vest Xem"da asosiy futbolchi sifatida ko‘rinish beradi. U 9 marotaba APLda eng yaxshi jufliklar orasidan joy olgan edi.

8. Robbi Fauler (163 ta gol)

Klublar: "Liverpul", "Lids", "Manchester Siti", "Blekbern".

Fauler "Liverpul" safida yulduzga aylanadi. U o‘zining eng zo‘r mavsumini 25 ta gol bilan bir necha bor yakunlagan. Hujumchiga jarohat halaqit qilmasa, uni gol urishdan boshqa biror bir narsa to‘xtata olmagan.

7. Tyerri Anri (175 ta gol)

Klub: "Arsenal".

"Yuventus"dan kelgan vinger, "Arsenal" bilan shartnoma imzolashi uchun 9 ta o‘yin yetarli bo‘ldi. Anri "Arsenal"ning to‘purarlar rekordini 2005 yilda yangilagan edi. U APLda 4 marta "Oltin butsa"ga loyiq ko‘rilgan. Hujumchining 2002-03 yilgi mavsumda qayd etgan 20 ta assisti hozirga qadar hali hech kim tomonidan yangilangani yo‘q.

6. Harri Keyn (176 ta gol)

Klublar: "Norvich", "Tottenxem".

"Shporlar" hujumchisi 176-golini yaqindagini urdi. U o‘rtacha har 129 daqiqada gol kiritmoqda. Hali unchalik ham qariyaga aylanmagan Keynda yana 5 yilcha yuqori darajada o‘ynash imkoni bor. Agar u APLda qolsa, Alan Shirerning rekordini yangilashi mumkin. Bu uchun esa yana 89 ta gol kerak bo‘ladi.

5. Frenk Lempard (177 ta gol)

Klublar: "Chelsi", "Vest Xem" hamda "Manchester siti".

Ayni paytda "Everton"da faoliyat yuritayotgan mutaxassis APL tarixidagi eng yaxshi yarim himoyachi- to‘purar sanaladi. U o‘rtacha 10 yil davomida 10 tadan kam gol urmagan. Lempard 2010 yilgi mavsumni 22 ta gol bilan yakunlaydi. U uch marta yilning ramziy terma jamoasidan joy olgan.

4. Serxio Aguero (184 ta gol)

Klub: "Manchester Siti"

Aguero 10 yilni APLda, bir klub safida o‘tkazadi. Shu davr mobaynida 1 marta eng yaxshi to‘purarga aylangan (2014-15). Hujumchining barqaror o‘yinini uning 6 mavsum davomida ketma-ket 20 ta gol bilan mavsumni yakunlaganida ham ko‘rishimiz mumkin. Futbolchining 184 ta goli eng tez urilgan 100 ta gol jadvalida ikkinchi o‘rinni egallaydi (Salohdan keyin).

3. Endi Koul (187 ta gol)

Klublar: "Nyukasl", "MYU", "Blekbern", "Fulxem", "Manchester Siti" "Portsmunt" hamda "Sanderlend".

Koul hisobida 5 ta APL tituli mavjud. U shuningdek, "Nyukasl" tarkibida musobaqa "Oltin butsa"sini ham qo‘lga kiritgan.

2. Ueyn Runi (208 ta gol)

Klublar: "Everton", "MYU".

Runi ayni damga qadar "Manchester Yunayted" hamda Angliya terma jamoasining eng yaxshi to‘purari bo‘lib qolmoqda. Hujumchining ushbu natijasi APLdagi 491 ta o‘yinda qo‘lga kiritilgan. U shuningdek, ushbu davrda 112 ta assistga ham muallif bo‘ladi.

1. Alan Shirer (260 ta gol)

Klublar: "Blekbern Rovers" hamda "Nyukasl Yunayted".

1990 yillar mobaynida Shirerni to‘xtatib bo‘lmas edi. U hali-hamon APLda 100 gollik natijaga eng tez erishgan futbolchidir. Shirer bir necha mavsum davomida 30 tadan ko‘p gol urishga erishgan. U bu borada ham tengsizligicha qolmoqda. Aynan ingliz hujumchisining sa’y-harakatlari sababli "Blekbern" Angliya chempioniga aylangan edi. Alan Shirer bitta "Oltin to‘p" hamda uch marta ketma-ket APLning eng yaxshi hujumchisi sovrini bilan taqdirlanadi (1995-1997).

 


Jaloliddin ISMATOV tarjimasi.

Manba: futaa.com
Kiritildi: 18:04, 09.03.2022.
O'qildi: 3435 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.