Aaron Remzi «Reynjers» bilan to‘liq shartnoma imzolamaydi. Shotlandiya klubi rahbariyati futbolchining hozirgi formasidan norozi. Uelslik futbolchi klub safida to‘liq kuch bilan o‘ynamayapti.
Aaron mavsumni Shotlandiyada yakunlashi kutilmoqda. Keyin u «Yuventus»ga qaytadi. Shu bilan birga, Turin klubi futbolchini sotishni mo‘ljallamayapti, balki u bilan tuzilgan shartnoma bekor qilishi mumkin.
Remzining «Yuventus» bilan shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan. U Italiya chempionatida eng ko‘p maosh oluvchi o‘yinchilardan biri hisoblanadi.