Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza 1-2 Lechche
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Dinamo - Mash’al
02/05 19:00 Buxoro - So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid

Ro‘ziqul Berdiyev "Metallurg"ga qarshi o‘yindagi alamli durang haqida gapirdi

Ro‘ziqul Berdiyev "Metallurg"ga qarshi o‘yindagi alamli durang haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Superliganing 2-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Metallurg" (1:1) uchrashuvidan keyin mezmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O‘yin haqida

- O‘yin ancha asabiy tarzda kechdi. "Metallurg" ko‘proq himoyaga e’tibor qaratib o‘ynashini bilardik. Ular qarshi hujumlar va standart vaziyatlarga tayanib o‘ynashdi.
Oxirgi pallada diqqat-e’tiborimizni yo‘qotdik va bu uchun jazolandik. Birinchi taymga nisbatan ikkinchi taymda ko‘proq vaziyatlar yaratdik. Vaziyatlardan faqat bittasini golga aylantirdik. O‘ylaymanki, raqibdan yaxshiroq o‘ynadik, ammo natija biz va muxlislar kutgandek bo‘lmadi. Tayyor g‘alabani qo‘ldan boy berdik. Shunday bo‘lsa-da, yigitlarga hech qanday e’tiroz yo‘q. Ular borini berib o‘ynashdi.

- Mehmon jamoa ustozi xorijlik. Uning o‘yin uslubiga qanday baho berasiz?

- Bugun “Metallurg” asosan himoyalandi va uzun paslar bilan o‘ynadi. AGMKga qarshi bellashuvda ham qarshi hujumda o‘ynagandi. Ehtimol bu ispan murabbiyining tanlagan va yoqtirgan uslubidir. "Metallurg" futbolchilari ko‘p vaziyatlarda vaqtni cho‘zishga harakat qilishdi, bu esa muxlislarimizga yoqmadi. Albatta, mehmonlarning tanlagan va qo‘llagan taktikasi o‘zlariga qo‘l keldi.

- O‘tkazib yuborilgan golda raqib futbolchisi yolg‘iz qoldirildi. Bu himoyachilarning aybimidi?

- Umumiy qilib olsak, ko‘pchilikning xatosi bo‘ldi. E’tiborni yo‘qotmaslik kerak edi. "Metallurg" kombinasion standart vaziyatlarga urg‘u berishini bilardik. O‘sha vaziyatda yosh o‘yinchimiz Akramov diqqat-e’tiborni yo‘qotib, xato qildi. Gol bo‘lgan vaziyatda Umid Ergashevni xatosi bormidi deb o‘ylagandim, ammo keyin bilsam, to‘p Husniddin Aliqulovga tegib, rikoshet orqali darvozaga kirib ketgan ekan.

- G‘olib G‘aybullayev qaydnomadan joy olmadi...

- G‘olib "Navbahor" bilan bahsda kichik jarohat olgandi. Shu bois u qaydnomaga kiritilmadi.

- Oldinda "Nasaf"ni OCHL pley-offi doirasidagi "Baniyas"ga qarshi muhim o‘yin kutmoqda. Jamoa oxirgi 3 o‘yinda g‘alaba qozona olmagani futbolchilarga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydimi?

- Albatta, bu borada ishlaymiz. Natijalar ta’sir qiladi, albatta. Biroq bu kabi holatlarga oldin ham duch kelganmiz. O‘ylaymanki, yigitlarni ruhiy holatini yaxshilaymiz.

- Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, "Nasaf"ga O‘zbekiston Kubogi mukofot puli va dekabr oyi maoshi berilmagani aytilmoqda. Bu qanchalik asosli?

- Bu narsa rost. Yo‘q desam noto‘g‘ri bo‘ladi. O‘ylaymanki, bu qarzdorliklar ta’sir ko‘rsatgani yo‘q. Rahbariyat tez orada bu masalani ijobiy hal etadi.

Kiritildi: 23:10, 09.03.2022.
O'qildi: 1503 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик