Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Luka Modrich tez orada klub bilan yangi shartnoma imzolaydi. Bu haqda jurnalist Nikola Skira o‘zining Tvitterida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 36 yoshli xorvatning shartnomasi bir yilga mo‘ljallangan. Modrichning o‘ziga boshqa klublardan juda ko‘p takliflar tushadi, lekin u faqat «Real»da o‘ynashni xohlamoqda.
Yarim himoyachi joriy mavsumda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.