Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

APL. Turning eng chiroyli gollari bilan tanishing!

APL. Turning eng chiroyli gollari bilan tanishing!

Baho:
+ | -

Angliya futbolida yana bir tur ortda qoldi. Biz muxlislar har haftada futbol jozibasi va ajoyib gollardan zavq olish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. APL o‘z uslubida – jamoaviy gollardan tortib, futbolchilar individual mahoratining eng yuqori darajalarini namoyon qila oladi. Bugun esa o‘sha, biz aytayotgan gollar shodasidan eng yaxshilari sanab o‘tiladi (28-tur).

1. Xarvi Barns («Lids»ga qarshi)

Umuman olganda, «Lids» o‘tgan turni yomon o‘tkazmagan edi. Jessi Marsh o‘zining boshqaruvini bunday boshlanishini kutmagani aniq, albatta. Afsuski, «Lester» ushbu to‘qnashuvda o‘ziga kerakli ochkoni sug‘urib oldi. Uchrashuvdagi yagona golga esa Xarvi Barns mualliflik qilgan edi. Ushbu golda zaxiradan tushgan Kelechi Ixeanachoning xizmatlari katta bo‘ldi.

2. Olli Uotkinz («Sautgempton»ga qarshi)

«Aston Villa» bir qadar o‘yini o‘nglangan «Sautgempton»ni sharmandali mag‘lubiyatga uchrata oldi. Hisob esa 4-0 bilan mezbonlar foydasiga hal bo‘ladi. «Villa Park»dagi ilk golga Uotkinz mualliflik qilgan edi. Hammasi bir zumda yuz berdi: Uotkins birinchi teginishdayoq hammasini hal qiladi. «Aston Villa»ning Twitter sahifasi ushbu golga «harakatdagi nazm» deb ta’rif bergandi.

3. «Arsenal» va «Uotford» o‘yinidagi har 5 ta gol

Ha, biz doim ham bunday o‘yin hamda gollarni ko‘ravermaymiz. Chunki jamoalarning mentaliteti turlicha bo‘ladi. Ammo ushbu bahsda har ikki tomon imkon boricha g‘alabaga harakat qildi «Vikarij Roud»da kiritilgan har 5 ta gol ham «sehrli» edi. Agar ushbu gollar ichidan eng yaxshisini tanlash kerak bo‘lsa, u holda Kucho Ernandesning qaychi uslubidagi zarbasini keltiramiz. Shunchaki, mukammal!

4. Jeydon Sancho («Manchester Siti»ga qarshi)

«MYU» muxlislari mag‘lubiyatdan xafaligini bilamiz. Ammo ularning seviklilari urgan gol o‘ta ajoyib edi. Gol qarshi hujumdan hosil qilindi. Nuqtani esa Sancho ustamonlik bilan yasadi. Uning golini nishonlashida ham urgandagi kabi sovuqqonlik aks etgandi.

5. Harri Keyn («Everton»ga qarshi)

«Everton» 28-turdan o‘rin olgan o‘z uyidagi bahsda «Tottenxem»ga chora qo‘llay bilmadi. «Shporlar» o‘sha kecha javobsiz naq 5 ta gol urishni udda qilishdi. Ular ichida Keynning ikkinchi goli eng chiroylisi sifatida e’tirof etiladi. Mett Doertining krossini Keyn to‘xtatmasdan, chap oyoqda, darvozaning pastki burchagiga joylaydi. Bu esa o‘yinga qo‘yilgan mantiqiy yakun edi. Ha, o‘shanda biz muxlislar ushbu goldan zavq olgandik. Ammo Frenk Lempardni bunday qilgan deya olmaymiz...

 

ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 20:56, 10.03.2022.
O'qildi: 1424 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик