Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Ortda qolgan dekadalar. Roman Abramovichning "13 bahodiri" kimlar edi?

Ortda qolgan dekadalar. Roman Abramovichning "13 bahodiri" kimlar edi?

Baho:
+ | -

Roman Abramovich o‘tgan chorshanba kuni "Chelsi"ni sotuvga qo‘yganini e’lon qilgan edi. Rus oligarxi 19 yil davomida klub boshida turdi va yaxshi boshqaruvni yo‘lga qo‘ya oldi. Aynan mana shu davr "aristokratlar" tarixining eng yorqin va shonli sahifasiga aylandi. Xususan, 19 yil ichida "Chelsi" besh marta Angliya chempioni, besh marta Angliya kubogi sohibi, ikki bora YECHL va boshqa ko‘plab titullar sohibiga aylandi. Shu bilan bir paytda Abramovich erasi doimiy murabbiylarni jamoadan "haydash" davri bo‘lib ham tarix zarvaraqlariga kirdi. 19 yil davomida 13 ta murabbiy almashtirgan klub, bugun qiyin ahvolda qolgan. Quyida ushbu ro‘yxatdagi murabbiylarni sanab o‘tamiz.

1.Klaudio Ranyeri (2003-2004)

Yaqindagini "Uotford" tomonidan iste’foga chiqarilgan italyan mutaxassisi Abramovich "Chelsi"ni marta sotib olgan paytda jamoa ustozi edi. Ranyeriga yangi rahbariyat tomonidan jami 120 million funt ajratiladi. Ushbu mablag‘ yangi futbolchilar sotib olish uchun sarflangan. Bir mavsumda davomida qo‘yilgan vazifalarni bajara olmagan Klaudio, 2004 yilning yozida jamoadan haydaladi.

2.Joze Mourinyo (2004-07, 2013-2016)

Abramovich davridagi eng zo‘r mutaxassis sifatida ye’tirof etiluvchi Mourinyo, Londonga "Portu"ni YECHL g‘olibi qilganidan keyin olib kelinadi. O‘ziga " Special One" deya laqab qo‘yib olgan Joze "Chelsi"dagi ilk mavsumida jamoani APL chempioni qiladi va Angliya liga kubogi g‘olibiga aylantiradi. Klub keyingi mavsumda ham fantastik daraja namoyish etgan. Mourinyo 2006-07 yilgi mavsumni, APL, Liga kubogi vaAngliya kubogi g‘olibi sifatida yakunlashga erishgan. Biroq portugaliyalikning "aybi" YECHLni yuta olmagani edi. U shu sababdan 2007 yilni sentyabr oyida klubdan haydaladi. Joze 2013 yilda "aristokratlar" safiga ikkinchi marta qaytadi. Uning navbatdagi ikki yarim yillik faoliyati APL hamda Angliya liga kubogi titullari bilan yodda qolgan.

3.Avram Grant (2007)

Asli yaxudiy bo‘lgan mutaxassis dastlab, "Chelsi"ning sport direktorligiga saylanadi. 2007 yilda Mourinyoning jamoadan ketishi, Grantni vaqtinchalik jamoa murabbiyligiga olib kelinishi bilan yakun topgan. Grant atigi bir mavsum davomida "Chelsi"ni boshqargan bo‘lsa ham, YECHL hamda Angliya liga kubogi finaliga olib chiqdi. Ammo har ikkisini mag‘lubiyat bilan yakunlagani sabab mavsum so‘ngida u ham haydab yuboriladi.

4.Luis Felipe Skolari (2008)

Braziliya terma jamoasini 2002 yilgi mundialda chempion qilgan mutaxassis, "Chelsi"ga olib kelinadi. U 2008 yilda kelib, 7 oydan keyin haydaladi. Chunki jamoa Abramovich kutgan o‘yinni namoyish qila olmagan edi. O‘sha mavsumda klub APLni 4 o‘rinda yakunlagan.

5.Gus Xiddink (2009, 2015-2016)

Xiddink Abramovich bilan yaqin aloqaga ega shaxslardan biri edi. Shu sabab "Chelsi" kimni jamoadan haydasa, bo‘shliqni to‘ldirish uchun vaqtinchalik murabbiylik o‘rnini aynan u egallaydi. U Skolari ketgach, olib kelinadi va mavsum so‘ngiga qadar Angliya kubogini qo‘lga kiritadi. Niderlandiyalik mutaxassis 2015 yilning dekabr oyida Mourinyoning o‘rniga vaqtinchalik murabbiy sifatida yana bir bor ishlaydi. Ammo o‘sha mavsum "Chelsi"ning Abramovich davridagi eng past natijasi sifatida qayd etilgan (10 o‘rin).

6.Karlo Anchelotti (2009-2011)

Italiyalik murabbiy "Stemford Brij"dagi ilk mavsumidayoq APL, Angliya kubogi hamda Angliya liga kubogini qo‘lga kiritgan edi. Ammo ikkinchi mavsum o‘ta omadsiz kechadi. Shu sababdan 2011 yilda Anchelotti ham haydab yuborilgan.

7.Andre Villash-Boash (2011)

"Chelsi"ning yana bir portugaliyalik ustozi 34 yoshida Portu"dan olib kelingan edi. "Yangi Mourinyo" deya e’tirof etilgan Boash, amalda Jozening muvaffaqiyatini takrorlay olmaydi. Uning g‘arbiy Londondagi faoliyati atigi to‘qqiz oygina davom etgan.

8.Roberto Di Mateo (2012)

Aynan Robertoning davrida "Chelsi" o‘z tarixida ilk marta YECHL g‘olibligini qo‘lga kiritadi. Ammo u klubning ligadagi ishlarini o‘nglay olmadi. Di Mateo "Chelsi"dagi o‘ta qisqa faoliyatida (6 oy) Angliya kubogini ham qo‘lga kiritgan.

9.Rafael Benites (2012-2013)

Sobiq "Liverpul" ustozi Londonda dastlab olti oy muddat oladi. Uning birinchi mavsumi APLda uchinchi o‘rin hamda Yevropa ligasidagi g‘alaba bilan yakun topadi. Ushbu titul orqali esa "Chelsi"ning UYEFA tasnifidagi musobaqalarda yutmagan turniri qolmagan edi (ECHL, YEL, Kubok G‘oliblari kubogi, UYEFA Superkubogi).

10.Antonio Konte (2016-2018)

Konte "Chelsi"dagi ilk mavsumidayoq APL g‘olibi bo‘ladi. Keyingi mavsumida esa Angliya kubogini qo‘lga kiritadi. Shunga qaramay, "Chelsi"ning 2018 yilda kuchli to‘rtlikka kira olmagani, Konte shtabini ishdan haydalashiga sabab bo‘ladi.

11.Maurisio Sarri (2018-2019)

Abramovich davridagi yana bir italyan mutaxassisi, "Chelsi"ni "Yuventus"dan tushgan taklif asosida tark etgandi. U jamoani boshqargan 12 oyda Yevropa ligasi sovrini qo‘lga kiritilgan. Shuningdek, "Chelsi" o‘sha mavsumda Angliya liga kubogi finaliga yetib borgan edi. APLda esa uchinchi o‘rin egallanadi.

12.Frenk Lempard (2019-2021)

Klub afsonasi "Derbi Kaunti"dan olib kelinadi va uning zimmasiga jamoani chempion qilish yuklanadi. Lempard o‘zining ilk mavsumida Angliya kubogi finaliga yetib boradi. Premyer-ligada esa to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. Uning davrida Timo Verner, Kay Xaverts, Ben Chilvell kabi iqtidorli futbolchilar xarid qilindi. Ammo tajribasi yuqori bo‘lmagan mutaxassis ularni munosib boshqara olmadi. Natijada esa 2021 yilning yanvarida ishdan haydaldi.

13.Tomas Tuxel (2021- h.v.)

Nemis murabbiyi Abramovich erasining so‘nggi menejeri bo‘lib qoladigan ko‘rinadi. U klubdagi dastlabki 13 oyi davomida YECHL, UYEFA Super kubogi va klublar o‘rtasidagi mundialda g‘olib chiqdi. U shuningdek, jamoasi bilan Angliya kubogi va liga kubogi finaligacha yetib borgan edi.

 

 

Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: futaa.com
Kiritildi: 14:44, 11.03.2022.
O'qildi: 2253 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.