Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

APL. Oxirgi 5 uchrashuvda 13 ochko to‘plagan jamoalar bugun to‘qnash kelishadi

APL. Oxirgi 5 uchrashuvda 13 ochko to‘plagan jamoalar bugun to‘qnash kelishadi

Baho:
+ | -

Bugun Angliya Premyer-Ligasi 29-tur bahslari davom ettiriladi. «Chelsi» klubi o‘z maydonida «Nyukasl» jamoasini qabul qiladi. Mazkur o‘yindan oldin qiziqarli fakt va ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Bilasizmi?

«Nyukasl» bosh murabbiyi Eddi Xou «Chelsi» bilan o‘tgan 5 safar o‘yinidan uchtasida g‘alaba qozongan (2 mag‘lubiyat). Kamida uch marta "Stemford Bridj"ga tashrif buyurgan murabbiylar orasida Xou APL doirasida eng yuqori g‘alaba ko‘rsatkichini qayd etib turibdi (60 foiz).

«Chelsi» klubi Angliya chempionati doirasidagi «Nyukasl»ga qarshi oxirgi 8 uchrashuvning barchasida g‘alaba qozongan. «Aristokratlar» liga tarixida ushbu yurishdan 4 marotaba ko‘proq g‘alabali seriya qayd etishgan. Ulardan eng oxirgisi 1976 va 2003 yillar davomida qo‘lga kiritilgan («Bolton», 9 g‘alabali o‘yin).

«Nyukasl» musobaqa jadvalining kuchli uchligida borayotgan jamoalarga qarshi oxirgi 24 safar o‘yinining 23tasida mag‘lubiyatga uchragan va faqatgina «Lester» bilan bahsda 4:2 hisobida g‘alabaga erishgan (may, 2021 yil).

Joriy mavsum barcha musobaqalardagi "Stemford Bridj"da o‘tkazilgan o‘yinlarda Kay Xavertsdan ko‘ra ko‘proq gol urgan «Chelsi» futbolchisi topilmadi. Germaniyalikning hisobida 5ta gol mavjud.

Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Devid Kyut

Qanot hakamlari: Yan Xassin, Nik Xopton

Zaxira hakami: Maykl Selisburi

VAR: Jon Bruks

VAR yordamchisi: Sayan Messi-Ellis.


O‘zaro qarama-qarshiliklar

Tomonlar APLda o‘zaro 53 marotaba to‘qnash kelishgan. Shulardan 28 uchrashuvda londonliklar g‘alaba qayd etishgan bo‘lsa, 13 bahsda «Nyukasl»ning qo‘li baland kelgan. Yana 12 o‘yinda durang natija qayd etilgan.

Jamoalarning APLdagi eng so‘nggi o‘zaro o‘yini 2021 yilning 30 oktyabr kuni o‘tkazilgan va «Chelsi» safarda 3:0 hisobi bilan g‘alaba qozongan.

«Chelsi» 2-0 «Nyukasl» (15.02.2021)

«Nyukasl» 0-2 «Chelsi» (21.11.20)

«Nyukasl» 1-0 «Chelsi» (18.01.20)

«Chelsi» 1-0 «Nyukasl» (19.10.19).

Yana bir qiziqarli tomoni shundaki, ikkala jamoa ham APLdagi so‘nggi 5 uchrashuvida 4 g‘alaba va 1 durangga erishgan.

Ayni paytda 27 o‘yindan keyin 56 ochko to‘plagan Roman Abramovich jamoasi APLda 3-o‘rinda bormoqda. «Nyukasl» hisobida 31 ochko mavjud va klub 14-o‘rinni band etgan.

«Chelsi» joruiy mavsum APLning 12 o‘yinida darvozasidan to‘p olib chiqmagan, «oq-qoralar»da esa bu ko‘rsatkich to‘rttani tashkil etadi.

«Chelsi»ning eng yirik g‘alabasi «Norvich»ga qarshi uchrashuvda (7:0) qo‘lga kiritilgan. «Nyukasl»ning «Everton» ustidan qozongan g‘alabasi (3:1) klubning joriy mavsum APLda qo‘lga kiritgan eng yirik yutug‘i bo‘lib turibdi.

Meyson Maunt joriy mavsum APL bahslarida 8 gol va 7 assist qayd etgan. Ushbu mavsumda ikkala jamoa futbolchilari orasida gol va assist borasida angliyalik xavbekdan ko‘ra samaraliroq harakat qilgan futbolchi yo‘q.

 

Bugungi bahs uchun taxminiy tarkiblar

«Chelsi»: Mendi, Kristensen, Silva, Ryudiger, Sarr, Kante, Jorjinyo, Kovachich, Ziyesh, Maunt, Xaverts.

«Nyukasl»: Dubravka, Mankilyo, Shar, Burn, Targett, Gimaraesh, Shelvi, Joelinton, Murfi, Vud, Sen-Maksimen.

 

Uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:09, 13.03.2022.
O'qildi: 2298 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.