Kirish Ro'yxatdan o'tish

Asqar Umarov: "Mash’al"ga oxirgi daqiqalarda tajriba foyda keltirdi"

Asqar Umarov: "Mash’al"ga oxirgi daqiqalarda tajriba foyda keltirdi"

Baho:
+ | -

Pro liganing 2-turidan o‘rin olgan "Mash’al" - "Zomin" (2:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Asqar Umarov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Uchrashuv haqida gapiradigan bo‘lsak, jangovar o‘yin ko‘rdik. Oxirgi daqiqalarda yigitlarga tajriba yetishmadi. Jamoamizda charchoq alomatlari sezildimi, bilmadim. Avtogoldan so‘ng yigitlar oldinga o‘tib ketishdi. Xatolar ustida ishlab muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. "Mash’al" qanotlardan ko‘p hujumlar qiladi. O‘zimizga o‘zimiz xato olib keldik".

- Ikkinchi taymdagi ochiq o‘yin "Zomin"ga qimmatga tushdimi?

- Birinchi taymda imkoniyatlar bo‘ldi. Futbolchilarning kuchiga ishongan edik. Ikkinchi bo‘limda xatoga yo‘l qo‘ydik. Avtogolda birinchi o‘rinda yarim himoyachimiz kutilmaganda to‘pni yo‘qotdi. To‘p rekoshet bo‘lib kirib ketdi. "Zomin"da yaxshi sharoitlar yaratilgan. 2-3 yillarda Zominga Superligani olib kelamiz, degan umiddaman.

Manba: "Машъал" матбуот хизмати
Kiritildi: 20:57, 13.03.2022.
O'qildi: 1052 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик